Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad
Download 1.8 Mb.
|
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish. Maqsad
- Dars materiallari
- Tayanch tushunchalar
- Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar
Testlar bilan ishlash:
Uyga vazifa: O’qitish metodlari,turlari haqida tushunchalarni yanada mustahkamlash. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ko’proq ishlatilatilishini misollar yordamida izohlash.Induksiya, deduksiya va anologiya metodlariga misollar keltirish. .Boshlang’ich sinflarda qanday interfaol metodlardan foydalanish haqida tayyorlanib kelish. Mavzu: Boshlang’ich sinflarda interfaol metodlardan foydalanish. Maqsad: Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika darslarida interfaol metodlardan ( aqliy hujum,zig-zag,klaster,BBB,zakovatli zukko va boshqalar ) dan foydalanishga o’rgatish. Dars materiallari: Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi (OO’Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426b. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b/t. Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. Tayanch tushunchalar: Metod,o’qitish, aqliy hujum,zig-zag,klaster,BBB,zakovatli zukko Mashg’ulot rejasi: 1.Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha. 2.Klaster metodining mohiyati. Mashg’ulotning borishi: Bugungi amaliy mashg’ulotda talabalarni faollashtirish uchun bugungi mavzuni ongli o’zlashtirib olishlari uchun quyidagi savollarga javob olinadi: Ilmiy-tadqiqot metodi va o’qitish metodlari haqida nimalarni bilasiz? O’qitish metodlari nima? O’qitish metodlarining darslarda qo’llanilishi haqida fikringiz? Induksiya, deduksiya va analogiya qanday metod? Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar: O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga asta- sekin, bosqichma –bosqich o’tishimiz, jamiyatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar va fan- texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim mazmuning takomillashuviga ob’ektiv omil vazifasini bajaradi. Respublikamizda ta’lim sohasida chuqur islohotlarning o’tkazilayotganligi xorijdagi ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar, jahon ta’lim standartlariga yaqinlashishga intilish, darslik va o’quv dasrurlari yangi avlodining yaratilishi, darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo’ladi. Ta’limning interfaol usullarining markazida o’quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o’rgatish masalasi turadi. Ko’p yillik qolipga o’rnashgan, eski tipdagi darslar tizimi o’quvchilarning erkin fikrlashiga to’siq bo’lib, faqatgina o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi.Ta’limda intefaol usullarni qo’llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o’quvchida yashirinib turgan qobiliyat va ist’dodlarni ro’yobga chiqarish hamda ularda o’z imkoniyatlariga ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi.Ta’limning intefaol usullarini maktab amaliyotida qo’llash , o’quvchiga har bir fandan o’rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki o’rganib qolmasdan , balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling