Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish


Download 46.61 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1233464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOM 4-ma\'ruza

e)―Zinama-zina‖,
Zinama-zina” texnologiyasi: o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo`lgani ma’qul); o`quvchilar mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi; o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi. Tarqatma materiallar to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi; O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi.
f)―Muzyorar‖,
Muzyorar metodi: Muzyorar – muomaladagi to`siqlarni yengib o‘tishga va o‘zaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni o‘zini bemalol his qilishlariga yordam beradi.
j)―Rotastiya‖,
L)―Yumaloqlangan qor‖ va k.
Interfaol ta‘lim metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma‘lum ma‘noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 3. Interfaol grafik organayzerlar: ―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konsteptual jadval‖, ―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?‖, ―Qanday?‖ va b.
BLOOM taksonomiyasi

Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta‘lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta‘lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‘yicha hozirgi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko‘p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo‘lida qo‘llash mumkin ekanligini alohida ta‘kidlash zarur.




Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling