Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari


Download 296.95 Kb.
bet3/13
Sana04.04.2023
Hajmi296.95 Kb.
#1327938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda





I BOB. Matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari


1.1.Boshlang‘ich sinf “ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida matn ustida ishlashni yangicha yondashuv asosida tashkil etish usullari
«Ona tili va o‘qish svodxonligi» darsligi matnlarning bolalarbopligi, qiziqarliligi, integratsyaviyligi va hayot bilan bog‘langanligi bilan oldingi draslardan ahamiyatli hisoblanadi.
Agar har bir o‘qituvchi kichik o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda namunadagidek ishlata bilsa, bolalar ham bunga asta-sekinlik bilan o‘rganib boradilar va ularda badiiy asarlar bilan ishlash borasida istalgan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Natijada bola shaxsida fikr kishisi shakllanadi. Fikr kishisi hech qachon o‘zgalarga ko‘r-ko‘rona ergashmaydi, munosabat bildirish kerak bo‘lganda jim turmaydi. O‘qituvchi bolalarda shunday sifatlarni shakllantirishga da’vat etilgan shaxsdir. Buning uchun, avval, uning o‘zi shunday sifatlarni egallagan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi o‘zida yo‘q narsani o‘quvchisiga berolmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5538-son Farmoniijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy doidalarda mavjud darsliklarning eskirganligi, yangi avlod darsliklarini yaratish lozimligi borasida ko‘rsatma beriladi. Darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etayotganligi, davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o‘quv qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish fursati kelganligi ham ta’kidlab o‘tiladi.
2021-yil sentabrdan birinchi va ikkinchi sinflariga qo‘llanilishi boshlangan Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi ushbu talabni bajarish uchun tashlangan qadamdan biri bo‘ldi. 1
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘qish savodxonligini o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchi hisoblanib, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda tamoyillar belgilangan bo‘lib, 4-tamoyilda o‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirish nazarda tutilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.
O‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
O‘qish savodxonligiga o‘rgatishda konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish nazariyalarini aks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o‘quvchi ma’noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» – yaratmoq deyiladi). 2
O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.

Odatda o‘quvchi nima sabadan matnga murojaat qiladi? Aslida, o‘qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o‘qishlari bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o‘qishni yoki ta’lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etish uchun axborotga ehtiyojmandlikni o‘z ichiga oladi.

Odatda barcha bolalar uchun atrof-olamni bilishga bo‘lgan qiziish hammavaqt ham yuqori darajada bo‘ladi. Ular har bir narsani ushlab ko‘rishni, u haqda ma’lumotga ega bo‘ishni istashadi. Yon-atrof bilan bog‘liq ma’luotlarni egallashga harakat qilishadi.
Matn (hikoya, ertak, she’r, xabar, ma’lumot) ga bo‘lgan qiziqish ham jajji bolaljonlarning tabiiy qiziqishidan kelib chiqadi. Ular kitobdagi rasmni, unda aks etgan voqealarni anglashga, bilishga, ma’lumotlarni egallashga urinishadi. Faqatgina bu jarayon to‘g‘ri tashkillashtirilishi yoki tashkillashtira ololmaslik ishning samaradorligini belgilab berishi mumkin.
Bolaning matnni to‘liq tushunmasligining sabablaridan biri ularda yaratish jarayoni uchun muhim mexanizmlarning kamligi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchlarga
“Zumrad va Qimmat” ertagini aytib berayotganda, o‘rmon haqida gapirgan paytda o‘quvchi bu so‘z bilan bog‘liq ma’no umumlashmalarini anglab olish uchun o‘rmon haqida tushuncha mavjud bo‘lishi lozim bo‘ladi. Shu yerda o‘qituvchining mahorati shundan iborat bo‘lishi kerakki, u bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning tasavvuri bilan ham birdek ishlay olishi lozim.
Ya’ni, o‘quvchilarning yosh xusuiyatlaridan kelib chiqqan holda nutqini, talaffuzini, bayon usulini moslashtira olishi lozim.
“Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi” deganda ko‘proq o‘quvchining o‘qish strategiyasini nazarda tutmoq muhim. Matn turiga hikoya, ertak, she’r, maqolni kiritsak, shakli kitob, gazeta, jurnal, telefon va boshqa narsalarni hisoblash mumkin. Demak, o‘quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ehtiyojlari, qiziqishlari, o‘rgangan narsalari muhim ahamiyat kasb etib qolaveradi.
Xalqaro tadqiqotlarda matnni tushunish to‘rtta jarayonga asoslanib baholanadi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ma’lumotni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, kontekst va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir. 3

Shunday qilib, tushunish jarayoni bir etap bilan cheklanib qolmasdan, bir necha sathlar bilan ishlash jarayoni hamdir. O‘quvchi matn ichidagi aniq ma’lumotlarni ko‘ra olsagina xulosa chiqara olishi, xulosa natijasida ma’lumotlarni talqin qila olishi va e’tirof etish yoki tanqid qilish hukmini ham o‘zida paydo qilishu mumkin bo‘ladi. Ushbu nazariy qoidani 1-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Rostgo‘y bola” matni misolida tahlil qilamiz.

Download 296.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling