Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari
Download 296.95 Kb.
|
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lingvistik kompetensiyada (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatikaga oid)
- “qulay o‘qishning avtomatik indeksi”
- Fonologiya bo‘limi
Nutq va matn: matnning tuzilishi, xatboshi (abzats), matn qismlari, bosh
va kichik mavzular haqida tushunchalar, ijodiy matn, insho haqida bilimga ega bo‘ladilar. maktab o‘quvchilari uchun matnni o‘qish va uni tushunishiga taaluqli bo‘lgan o‘rinlar Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish) da quyidagicha keltirilgan: mavzuga oid mashq va topshiriqlarni orfoepiya qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiy oladi; 8-10 ta gapli ijodiy matn yarata oladi. Tanlangan matndan asosiy axborotlarni tushuna oladi. Sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushutira oladi. Lingvistik kompetensiyada (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatikaga oid) : yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtiradi, matndagi so‘zlar ma’nosini izohlaydi va leksik tahlil qila oladi. Davlat ta’lim standartida belgilanganidek, maktab o‘quvchilari sodda matnlarni o‘qib tushuna olishlari, matn tarkibidagi so‘zlar ma’nosini izohlab, tahlil qila olishlari kerak. Bunday ko‘nikmalarni shakllantirish uchun esa o‘qituvchi tomonidan ta’limni to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘quvchilarning mavjud bilimlarini aniqlash, xabarni chuqur idrok qilish malakasini rivojlantirish usullaridan foydalanish talab etiladi. Matn oson va qulay o‘qilishi uchun u grammatik-semantik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilgan va o‘quvchining yosh va bilim darajasiga mos bo‘lishi lozim. Bu xalqaro me’yorda “qulay o‘qishning avtomatik indeksi” deb nomlanadi, unda matn o‘qilishining 14 ta darajasi mavjud bo‘lib, ilk darajasi 6 yoshdan 9 yoshgachasidir . O‘qishning qulaylik indeksi – bu o‘quvchining matnni idrok etish darajasining o‘lchovi sanaladi. O‘qish indeksi bir nechta parametrlar asosida o‘lchanadi : jumlalar uzunligi, so‘zlarning soni va tushunarliligi (faol yoki nofaol ishlatiladigan so‘zlar). Bu indeksda har bir sinf o‘quvchisining ma’lum yoshda belgilangan miqdordagi leksik birliklarni bilishi, ma’lum murakkablikdagi gaplarni tushunishi kerakligi belgilangan. Matnning murakkabligini baholaydigan bu o‘lchov dastlab ingliz tili uchun Rudolf Flesh tomonidan yaratilgan. Unda 0 dan 100 gacha qiymat bo‘lib, 90-100 ning qiymati kichik o‘quvchilar uchun; 60- 70 – bitiruvchilar o‘qishi mumkin bo‘lgan matnga mos keladi; 0-30 – ko‘rsatkichli matnlar oliy ma’lumotli talabalar uchun mo‘ljallangan: 11 100 – o‘qish juda oson, gap eng ko‘pi bilan 12 ta so‘zdan iborat, 2 bo‘g‘inli so‘zlar; 30 – o‘qish biroz qiyin, jumlalar 25 ta so‘zdan iborat, 2-3 bo‘g‘inli so‘zlar; 0 – o‘qish juda qiyin, jumlalar 37 ta so‘zdan iborat, so‘zlar 4-6 bo‘g‘inli. XXI asrda jahon tilshunosligida o‘qib tushunishga ham siyosiy, ham tilshunoslik fani sifatida qaralib, katta mablag‘ ajratilgan. Siyosatda, unga ta’limni rivojlantirish vositasi sifatida qaralgan, Adamsning “O‘qishning boshlanishi” nomli asari bunga misol bo‘ladi. Unda ko‘tarilgan masala, maktablarda o‘qib tushunishda fonetik instruksiyani qanchalik maksimal darajaga (qanchalik tez yoki qanchalik tushunarli holga keltirish mumkin) chiqarish mumkinligi bo‘lgan. Shu mavzuda Snow, C.E., Burns, M. S., & Griffinlarning hammuallifligidagi “Yosh bolalarda o‘qib tushunishdagi qiyinchiliklarni qanday yengamiz” asari ham yozilgan bo‘lib, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishdagi muammolarni qanday hal qilish mumkinligi haqidagi fikrlar berilgan. Ularning ta’kidlashlaricha, o‘qilgan ma’lumotning tushunilishi uchun matnning 3 ta jihati katta rol o‘ynaydi: fonologiya, morfonologiya va orfografiyasi. Negaki, yozma matnning og‘zaki tomoni ham mavjud (o‘quvchi uni ovoz chiqarib yoki pichirlab o‘qishi mumkin). Demak, o‘quvchi o‘qilgan ma’lumotni idrok qilish uchun har uchalasini bilishi lozim. Fonologiya bo‘limi – so‘z, harfning tovush (fonema) jihatini o‘rganadi. Uning 4 ta darajasi farqlanib, [60;98]: jarayon pastdan yuqoriga (from bottom to top) qarab yo‘naladi, ya’ni eng kichik birlikdan katta birlikka tomon chiqiladi: akustik, fonetik, fonologik, morfofonemik. Akustik darajada, nutq, akustik energiyaning oqimi sifatida yuzaga chiqadi, uni spektrogramda ko‘rish mumkin. Buning qiziq jihati shundaki, bosh miya so‘zlar oqimini (tovush to‘lqinini) qabul qiladi, ular orasidagi bo‘shliqni emas. O‘qib tushunishdagi bu holatda miyaning fizik signalni qabul qiluvchi qismi zid holatda turadi. (Ammo tushunishning boshqa turlarida miya so‘zlar orasidagi bo‘shliqlarni ham qabul qiladi, negaki bu hol, vaziyatni, shaxs holatini ifodalash uchun ma’lum ma’noni anglatishi mumkin. F.Sh.) Fonetik darajada so‘zlovchining nutqidagi bitta tovushning turli o‘rinlarda turlicha sodir bo‘lishi ko‘rinadi: “t” tovushi: ketmoq, atamoq, topmoq. Portlash holati har xil (ket da kuchli, ata da yumshoqroq, top da portlash holati ancha past) bo‘ladi. Fonologik darajada miyadagi tovushlar farqlanadi. Masalan, “f” grafemasi boshqa so‘zni hosil qiladi, alohida fonema; “p” esa boshqa so‘zni hosil qiladi: fan, piramida. Morfofonema, bu – bir grafemada ham morfema, ham fonemaning mavjud bo‘lishi. Masalan, “a” grafemasi fonema holatda – unli, til oldi, tilning og‘iz bo‘shlig‘idagi harakatiga ko‘ra o‘rta keng, lablanmagan fonema; morfema shaklida (so‘z yasovchi qo‘shimcha): o‘yin + a = o‘yna. Ona tili metodikasida boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi uchun tavsiya etiladigan matniy tushunchalarni lingvistik ma’lumotlarga suyangan holda ikki guruhga ajratiladi: Matnning tashkiliy tuzilishi jihatlari bilan bog‘liq tushunchalar; Matnning leksik-grammatik jihatdan tuzilishi bilan bog‘liq tushunchalar Download 296.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling