Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari
Download 296.95 Kb.
|
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda
XULOSAMatnni o‘qib tushunish insonning ko‘rish a’zosi va vizual ma’lumotni qayta ishlash tizimi orqali amalga oshadi. Ko‘z tekislikdagi grafik chiziqlarni (harflarni) qabul qiladi. O‘qish – insonning ikkilamchi lisoniy ko‘nikmasi bo‘lib, u og‘zaki nutq ko‘nikmasi asosiga quriladi. Har qanday sog‘lom inson kishilik jamiyatida ulg‘ayar ekan, u og‘zaki nutqni o‘zlashtiradi. Yozma nutq ko‘nikmasi esa (o‘qish va yozish) maktabda o‘rganiladi. Yozma nutq ko‘nikmasi og‘zaki nutq ko‘nikmasi ustiga quriladi. O‘qishni o‘rganish bu inson ongida fonemalar bilan grafemalar o‘rtasida to‘g‘ri aloqa o‘rnatish demakdir. Mazkur aloqaning to‘g‘riligini har bir yozuv tizimidagi qonunqoidalar belgilab beradi. O‘qish va yozishni o‘rganishning dastlabki bosqichida harflarni to‘g‘ri o‘qish muhim bo‘lsa, o‘qish tajribasi ortib borarkan inson ongi so‘zni yaxlit qabul qiladi. Inson ongida o‘qish tajribasi asosida vizual-kirish leksikoni shakllanadi. Matnni o‘qib tushunish masalasi ham insonning tajribasi va mashqlar yordamida takomillashib boradi. Bunda matn mazmunidagi tafsilotlarga e’tibor berishni o‘rgatish muhimdir. O‘qib tushunishni tekshirish uchun turli shakldagi mashqlardan foydalanish mashg‘ulotlarning o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Mashq va topshiriqlarning qiziqarliligi esa o‘sha mashg‘ulotning samaradorligini ta’minlovchi omillardandir. Inson ongi bir xillikdan zerikadi, sababi hayotiy zarurat uni ko‘ptarmoqli ishlashini talab qiladi. Shuning uchun ham tushunilgan mazmunni rasmda, turli diagramma yo jadvallarda ifodalash an’anaviy savolga javob berishdan ko‘ra o‘quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Matnni o‘qib tushunish va tushunishni ta’minlaydigan omillar yuzasidan bir qancha tilshunoslar tajriba o‘tkazganlar. O‘qilgan matnning tushunilishi lingvistik va ekstralingvistik omillarga bog‘liq. Matnni obyektiv tushunish, shaxsning psixik holatidan kelib chiqadigan hayotiy tajribasi mahsuli bo‘lgan xulosalari va histuyg‘ulari orqali qabul qiladigan subyektiv tushunish; matnda tanish yoki notanish so‘zlarning ishlatilishi; sarlavhaning qiziqarli va yangililik darajasi; o‘qish uchun taqdim qilinayotgan matnning informativligi; o‘quvchilarga taqdim etilayotgan matnning hajmi va boshqalar. Matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirishda so‘z ma’nosini kontekst bilan bog‘lab berish, matndagi ma’lumotni turli shakllarda ifodalash, tafsilotlarga alohida urg‘u berish zarur. Ba’zi matnlarda, sonlar, turli qiymatdagi bir necha raqamlarning matnda kelishi ularning chalkashtirilishiga olib kelgan. Bundan kelib chiqadiki, shu kabi ma’lumotlar berilganda ularni ta’kidlaydigan qo‘shimcha vositalardan foydalanish kerak yoki o‘qituvchi raqam bilan bog‘liq har bir ma’lumotga o‘quvchining diqqatini jalb etishi kerak bo‘ladi.
Download 296.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling