Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari


sakkiz raqami shaklini hosil qilib raqsga tushayotgan asalarining harakatlariga qarab sheriklari


Download 296.95 Kb.
bet11/13
Sana04.04.2023
Hajmi296.95 Kb.
#1327938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda

sakkiz raqami shaklini hosil qilib raqsga tushayotgan asalarining harakatlariga qarab sheriklari gulning qayerda, qancha masofada, qanday o‘lchamda ekanini aniq bilib oladi.”
Ikkita o‘quvchi tushirib qoldirilgan sakkiz so‘zining o‘rniga “raqs, sheriklari” deb, sheriklari so‘zining o‘rniga “sakkiz, raqs” deb yozganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu o‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob topish davomida matnga qayta murojaat qilmaganlar. Shuningdek, so ‘zni qo ‘ygandan 15
keyin u gapga mos tushayotgan yoki mos tushmayotganligini o‘quvchi o‘qib tekshirib ko‘rmagan.
Ta’lim sifatini yaxshilashning muhim jihatlaridan biri o‘zi bajargan vazifani tekshirishga o‘rgatish hamdir. Yana eng ko‘p uchragan xatolardan biri quyidagi gapda: “Olimga jonzotlar “tili”ni ilmiy asoslab bergani uchun Nobel mukofoti berilgan.” Bu yerda “tili” so‘zi tushirilgan edi. O‘quvchilar uning o‘rniga “raqsi, asalari, chizmasi” javoblarini yozganlar. “asalari tili” stimul so‘z sifatida raqs, chizma, asalari so‘zlariga assotsiatsiyani hosil qilgan. “Raqsi” va “chizmasi” so‘zlari matn mazmuni tushunilganligini, ya’ni o‘quvchi matndagi “tili” so‘zining ko‘chma ma’noda qo‘llanganligini anglab yetgan.
To‘rtinchi topshiriqda barcha o‘quvchilar asalarining rasmini chiroyli ko‘rinishda tasvirlaganlar. Yuqorida juda past natijalarni ko‘rsatgan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham shunday.
Mazkur tajribada qo‘llangan topshiriqlar bolaning matnni qay darajada tushuna olgani, berilayotgan savolga javob topish uchun diqqatli bo‘lgani yoki bo‘lmaganini, ya’ni ularning xato- kamchiliklarini aniqlash va uni bartaraf etish maqsadida berildi. Har bir topshiriq matnning ma’lum bir jihatiga e’tibor qaratishni talab qiladi. Masalan, 1-topshiriq boladan til birliklariga diqqat qilishini talab etadi. Bu topshiriq natijasida biz 30 foiz bolaning matnni o‘qiyotganida uning hamma birliklarini ham qabul qilmaganligini ko‘ramiz.
2-topshiriq matnning nafaqat mazmuniga, voqealar rivojiga nisbatan e’tiborli bo‘lishga, balki matnni o‘qish jarayonida o‘quvchi gaplarning tuzilishiga, uning tarkibidagi gap bo‘laklari yordamchi so‘zlar va boshqalarning qo‘llanishiga ham diqqat qaratishlari kerakligiga urg‘u beradi. Bu topshiriqning natijalariga ko‘ra, 75 foiz o‘quvchi to‘g‘ri bajarganligini ko‘rdik.
3-topshiriq matnning eng muhim, ma’no o‘zgarishi mumkin bo‘lgan qismlariga e’tibor qaratish kerakligini nazarda tutgan edi. Natijalarga ko‘ra, 86 foiz o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga erishganlar.



Download 296.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling