Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari


Matnning tashkiliy tuzilishi jihatlari


Download 296.95 Kb.
bet9/13
Sana04.04.2023
Hajmi296.95 Kb.
#1327938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda

Matnning tashkiliy tuzilishi jihatlariga kiradigan omillardan Maktablar va umuman boshqa yoshdagi o‘quvchilarga ahamiyatli bo‘lgan qismlari, bu – xat boshi (abzats, matn qismlari) va sarlavha hisoblanadi.Matnning tashqi ko‘rinishiga xos bir nechta belgilari mavjud bo‘lib, asosiy belgi bu, gapning xatboshidan boshlanishidir. Matn qismlarining o‘zaro bog‘liqligini tushuna olish matn mazmunini tushunish darajalaridan biri hisoblanadi. Matn qismlari (abzats)ning birinchi va oxirgi gaplari umumiy mavzu mazmunini ochish maqsadiga ko‘ra to‘g‘ri qurilishi lozim. Ya’ni, agar matn qismlarining o‘rni almashtirilsa, ularni voqeaning rivojiga yoki qismlar tarkibidagi ishoraviy so‘zlar(olmoshlar..) yordamida gaplar ma’nosini tahlil qilgan holda o‘z o‘rniga qo‘yish mumkin bo‘lsin. Ikkinchi abzats o‘zidan oldingi qism ma’nosiga ishora qiluvchi grammatik vositalar bilan (olmoshlar, ravishlar, o‘rin-joy va payt munosabatini bildiruvchi birikmalar, bog‘lovchilar, ko‘makchilar, kirish so‘zlari) boshlanadi: bu, shu, ana u, mana bu, keyin, shundan so‘ng, o‘sha yer, o‘sha kishi, o‘sha kuni va hk.
Sarlavha matn mazmunini o‘zida qisqa ko‘rinishda mujassamlashtirgan birlikdir. Ma’lumki, qo‘limizga biror matn tushganda, birinchi navbatda uning sarlavhasiga diqqatimizni qaratamiz. Sarlavha bizda qiziqish uyg‘otsa, ajablantirsa yoki ayni damdagi muhim, yechimini topishi kerak bo‘lgan muammoga taaluqli bo‘lsa, katta qiziqish bilan o‘qishga shoshilamiz. Aksincha, sarlavha mavhum, leksik lug‘atimizga begona yoxud yomon tasavvur uyg‘otadigan bo‘lsa, uni o‘qishni istamaymiz, agar uni o‘qishga majbur bo‘lsak, matn mazmunini to‘liq yoki umuman tushunmasligimiz mumkin. Demak, sarlavha muloqotning o‘ziga xos birligi.
Bizga ma’lumki, grammatik va semantik jihatdan shakllanmagan matnni tushunishning iloji yo‘q. Sema – “manbaning mazmuni” bo‘lib, grammatik vositalar – qo‘shimcha (morfema) va bog‘lovchilar shu ma’noni anglatish uchun xizmat qiladigan vositalar sanaladi. Matnning mazmunini ochishda so‘zlarni bir- biriga bog‘laydigan qo‘shimchalarni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida qo‘llash matn o‘qilishini va tushunilishini osonlashtiradi. Aksincha, morfema va yordamchi so‘z turkumlarining noo‘rin qo‘llanishi berilgan ma’lumotning ahamiyatlilik darajasini tushirib, uning qabul qilinishiga to‘sqinlik qiladi. 12

Download 296.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling