Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari
Matnni o‘qishning psixofiziologik va pedagogik asoslari
Download 296.95 Kb.
|
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda
1.2.Matnni o‘qishning psixofiziologik va pedagogik asoslariMatnni o‘qish murakkab jarayon bo‘lib, u psixologik, pedagogik va psixofiziologik aspektlarda o‘rganiladi. O‘qish jarayoniga qiziqish 1800-yillar oxirida boshlangan deyish mumkin. Leipzigdagi (Germaniya) Wundt laboratoriyasida psixologik hodisalarning biri sifatida matnni o‘qish o‘rganila boshlangan. Shundan so‘ng o‘qishning pedagogik, psixolingvistik, psixofiziologik jihatlarini tadqiq etish boshlandi. O‘qish murakkab nutqiy psixofiziologik faoliyat hisoblanadi. Bu jarayon haqida ko‘plab xorij va o‘zbek metodist olimlari ilmiy ishlar qilganlar, tajribalar o‘tkazganlar va ularning tahlillari asosida natijalarni taqdim qilganlar. O‘qishni o‘rganayotgan yoki matnni o‘qiyotgan shaxs (xoh u yosh bola bo‘lsin, xoh katta odam), o‘qish davomida harflarni ko‘radi yoki barmoqlari yordamida his qiladi(imkoniyati cheklangan, ko‘rish faoliyatida muammosi borlar) va albatta, bor diqqatini uning shakliga qaratadi, ya’ni bunda o‘quvchining ko‘rish a’zosi bo‘lgan ko‘zi yoki harflarni sezadigan barmoq uchlari asosiy vosita vazifasini bajaradi. Fiziologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘z soqqasining harakatlanishi, ko‘rish va sezgi qobiliyatlari bosh miya qismidagi o‘rta miyaning tepasida joylashgan oraliq miya funksiyasi orqali boshqariladi. Oraliq miya bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo‘lib, u yerda ko‘rish do‘mboqlari (talamus) joylashgan. Ko‘rish do‘mbog‘i – tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda bo‘lib (nerv hujayralari to‘plami), unda barcha sezgi a’zolari orqali seziladigan ta’sirlar (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, og‘riqni sezish) oldin ko‘rish do‘mbog‘i orqali qabul qilinib, keyin bosh miya yarim sharlari markazlariga o‘tkaziladi. Bizga o‘qishning psixologik asosi qismidan ma’lumki, ko‘z tomonidan ko‘rilgan yoki barmoq uchlari retseptorlari sezadigan belgi yo narsaning nima ekanligini anglash bosh miya yarim sharlari neyronlarining ta’sirlanishidan hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alish (ong) tufayli anglanadi. Anglangan harf, bo‘g‘in, so‘zni o‘qish (ovoz chiqarib, ichida o‘qish) esa o‘z navbatida ularni tovushlarga aylantirishni talab qiladi. 4 Sog‘lom bola harfning tashqi ko‘rinishini ko‘rish bilan birga uning talaffuzini o‘rgatayotgan shaxsning ovoziga ham e’tibor beradi, rasm bilan birga berilgan bo‘lsa, uni eslash uchun rasmlarni ko‘z oldiga keltiradi, eslaydi. Ma’lumki, tilni o‘rganayotgan har qanday o‘quvchida harflarni tanib, bir-biridan ajratib olgunga qadar qiyinchiliklar kuzatiladi: bir harfni xotirada saqlab turgan holda ikkinchi harfni eslash, bo‘g‘in hosil qilish jarayonida esa bir nechta harfni qo‘shgan holda talaffuz qilish kabilar, lekin fiziologik jihatdan sog‘lom bolada bu qiyinchiliklar o‘tib ketadi va o‘qish malakasi sekinlik bilan shakllanadi. Shveysariyalik psixolog J. Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi, 7 yoshli bola ta’lim olish uchun har tomonlama tayyor bo‘ladi. Ma’lumki, ta’lim bosqichlari bolaning ma’lum psixologik imkoniyatlari shakllanadigan muayyan yoshiga mos holda olib boriladi. Matnni o‘qish jarayoni pedagogik (biror shaxs tomonidan takrorlab o‘rgatish, ko‘rsatish), psixologik (diqqatni yig‘gan holda o‘rganilayotgan narsaga qarash, tikilish), jismoniy (boshqa harakatlarni to‘xtatgan holda ko‘zni faqat harf, bo‘g‘in yo so‘zga qaratish) va fiziologik (o‘rgatilayotgan harf yo so‘zni takrorlay olish, o‘qiy olish qobiliyatining mavjud yoki mavjud emasligi) jarayon hisoblanadi. O‘qishning samarali bo‘lishida pedagogik va jismoniy jarayonlarni rejalashtirish va tartibga solish mumkin, ammo psixologik va fiziologik, ya’ni psixofiziologik jarayonlarni o‘qituvchi yoki o‘quvchining o‘zi tomonidan muvofiqlashtirib bo‘lmaydi. Bolalarda o‘qishni o‘rganish davomida yuzaga keladigan jarayonlarni o‘rgangan xorij metodistlari nima sababdan bolalar o‘qish ko‘nikmasini o‘zlashtirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, o‘qishni o‘rgana olmaslikning sabablari nima, degan savollar asosida bir qancha tajribalar o‘tkazganlar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 7 yoshli (aqli o‘zib ketgan bolalarda 6 yoshda ham) bola ta’lim olish uchun har tomonlama tayyor bo‘ladi. Ba’zan 6-7 yoshli bolalarda o‘qishga tayyor emaslik holatlari, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni boshqarishda muammolar kuzatilib, bular maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi o‘qish, yozish ko‘nikmalarini egallay olmayotgan kichik o‘quvchiga ko‘rsatiladigan eng oddiy yordam sifatida, bog‘cha davrining oxirgi yili yoki birinchi sinfni qayta o‘qishi tavsiya qilinadi. Ba’zi bolalarda esa maktabga tayyor bo‘lmaslik holatidan tashqari o‘qishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ham mavjud bo‘lib, bunday qobiliyatsizlikni namoyon qiluvchi rivojlanish buzilishi fanda – disleksiya deb ataladi. Disleksiya - bolaning o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lmagan surunkali nevrologik kasallik bo‘lib, bunday bolalar oddiy faoliyat bo‘lishiga qaramay, o‘qish va yozishni o‘rganishda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi. Disleksiya tufayli shaxsning so‘zlarni (ba'zan raqamlarni) o‘qish va yozish qobiliyati buziladi. Bu kasallikdan azob chekayotganlar o‘qish yoki yozishda nutq tovushlarini (fonemalari) belgilashda; fonetik tovushni uning ekvivalenti bo‘lgan grafemaga aylantirish yoki aksincha o‘qish jarayonida grafema ko‘rinishidan tovushga aylantirishda qiynaladilar yoki buni umuman bajara olmaydilar. Chet el davlatlari fiziologlarining qayd etgan ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi sinfgacha (1-sinfda ham) bo‘lgan har qanday bolaning bir-biriga shaklan o‘xshaydigan harflarni, masalan, “b” va “d” harflarini farqlay olmaslik, bir bo‘g‘inli so‘zlarda harflarning o‘rnini almashtirib o‘qish(“nol” so‘zini “lon” tarzida) holatlari odatiy hol hisoblanadi, negaki ularning ikkalasida ham nolga o‘xshash qism va to‘g‘ri tayoqcha qismi mavjud. Ammo ularni farqlay olmaslik 23-sinflarda ham davom etsa, bu disleksiyaning namoyon bo‘lishi hisoblanadi. 5 O‘qiy olmaslikning ham daraja va miqdorlari mavjud bo‘lib, ular “o‘qishga qobiliyatsizlik, o‘qishdagi nuqson, rivojlanayotgan disleksiya” terminlari bilan atalib, o‘qish holati normal bo‘lmagan holatga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, miqdor ko‘rsatkichi sifatida, 2 ta teng yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, ular yoshiga mos bir xildagi matn o‘qitilganda, birinchi ikkinchisidan ko‘ra sezilarli darajada ortda qolib, qiyinchilik bilan o‘qiganda, bu bolada o‘qishni o‘rganishda nuqson borligini anglatishi keltiriladi. Kasallikka tashxis qo‘yishning e’tiborli jihati shundaki, o‘qishda qobiliyatsizlik, nuqsonning borligi yoki disleksiyani aniqlashda quyidagi psixik va fiziologik jihatlar chiqarib tashlanadi, ya’ni ular kasallikka asos bo‘la olmaydi deyiladi: sezgi (sensor, motor), hissiyotlar, aqliy rivojlanishi, ijtimoiy- madaniy kelib chiqishi. Kasallikning alomatlari sifatida faqat neyrobiologik faktorlar, ya’ni insonning o‘ziga tegishli bo‘lgan neyronlar orasidagi almashinuvlar o‘rganiladi, qabul qilinadi. Ba’zi ma’lumotlarda disleksiya kasalligini ko‘zning harakatlariga qarab aniqlash mumkin deyiladi. Buning noto‘g‘ri fikr ekanligi tajribalar natijasida aniqlangan. Buning uchun sog‘lom odamga matn o‘qittirilgan va jarayon davomida uning ko‘z harakatlari o‘rganilgan. Matn o‘qiyotgan shaxsning ko‘zida bir qancha o‘zgarishlar: tezlashish, sekinlashishlar kuzatilgan va bu matnni qabul qilish jarayoni ekanligi, ya’ni ma’lum miqdordagi xabarni qabul qilganda ko‘z harakati tezlashishi, qabul qilgunga qadar esa sekinlashishi aniqlangan. Matnni o‘qishdagi qobiliyatsizlik, o‘qishning boshlang‘ich darajasi bo‘lgan so‘z bosqichidagi (word-level reading) o‘qishdan o‘ta olmaslik bilan belgilanadi. So‘zlarni dekodlay olmaslik so‘z va matn mazmunini ham tushunmaslikka olib keladi. So‘zni o‘qiy olmaslik uni to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, bu fonologik daraja hisoblanib, bunga so‘zning noto‘g‘ri talaffuzda o‘rgatilishi, o‘qitish usulining to‘g‘ri emasligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur kasallikka chalingan bola miyasida o‘ng va chap yarim sharlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning buzilishi natijasida (nutq (Vernik zonasi) va nutq shakllanishi (Broka zonasi) bilan bog‘liq) miya mintaqalarining disfunksiyasi sodir bo‘ladi. Kasallik odatda oila a'zolaridan bir-birlariga meros bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu kasallikka chalingan bolada quyidagilar namoyon bo‘ladi: so‘zdagi tovushlarni tartibga solishning qiyinligi; harflar, raqamlar va ranglarning nomlarini yodlash qobiliyatining pastligi; tovushlarni bir-biridan ajrata olmaslik yoki so‘zlarni ajrata olmaslik; hissiy qobiliyatsizlik; ma’nosi bir-biridan farqlanadigan tushunchalarni noto‘g‘ri tushunish va boshqalar. Disleksiya jiddiy muammo bo‘lishiga qaramay, ko‘plab kasallikka chalinganlar doimiy nutqiy mashqlar natijasida funksional o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lib, ba'zida to‘liq bo‘lmagan savodxonlikka ham erishadilar. Kasallikning erta aniqlanishi va zarur qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borilishi natijasida, (bu ko‘nikmalarni egallash ancha qiyinchilik tug‘dirsada) disleksiklar tengdoshlari bilan bir xil darajada o‘qish va yozishni o‘rganishlari mumkin. O‘qish ko‘nikmasi, avvalambor, bu fonema va grafema o‘rtasida aloqa o‘rnatish, demakdir. O‘quvchining to‘g‘ri o‘qishi va yozishi aynan shu aloqani to‘g‘ri shakllangani bilan bog‘liq. Quyidagi tajribada biz ikki juft bir-biriga yaqin grafema va fonemaning o‘quvchilar tomonidan qo‘llanishidagi xatolarning sababini oydinlashtirishga harakat qilamiz. Tajribada rus guruhlarida ta’lim olayotgan 38 ta 8-sinf o‘quvchilari qatnashdi. Ulardan diktant olindi. Diktant 25 ta so‘zdan iborat. O‘quvchilar “o” va “o‘ ” hamda “x” va “h” harflari ishtirok etgan so‘zlarni yozganlarida ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yadilar, ya’ni, “o” li so‘zlarni “o‘ ” ko‘rinishida, “h” li so‘zlarni “x” ko‘rinishida, yoki aksincha yozadilar. Tajriba natijalari quyidagicha tasnif qilindi:
O‘quvchilar “o” ni “o‘ ” ko‘rinishida yozganlarida – eng ko‘p xato “bob” ning “bo‘b” shaklida 16 marta; “o‘ ” ni “o” ko‘rinishida eng ko‘p – “bo‘yicha” so‘zini “boyicha” 19 marta; “x” ni “h” shaklida eng ko‘p – “xohish” so‘zini “hoxish” ko‘rinishida – 27 marta; “h” ni “x” shaklida eng ko‘p – “Hojiakbar” so‘zini “Xojiakbar” ko‘rinishida – 18 marta kuzatildi. “O” unlisining “o‘ “ tarzida xato yozilishi 43 marta uchradi. “O‘ “ unlisining “o” tarzida yozilishi esa avvalgi holatdagidan qariyb bir yarim baravar ko‘p – 66 marta. Mazkur holat “o” grafemasining o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan ikki tilda ikki xil va bir-biriga yaqin fonemani ifodalashi bilan bog‘liq. Shuningdek, o‘zbek tilining orfografik va orfoepik qoidalarida an’anaviylik tamoyilining qo‘llanishi, xususan, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda (sport, tort) yozuvda “o” harfining qoldirilishi va uning “o‘ “ sifatida talaffuz etilishi o‘quvchilar ongida mazkur grafemaning ham “o”, ham “o‘ “ tovushlari bilan assotsiatsiyalanishiga olib kelgan. “O‘ “ unlisining “o” tarzida nisbatan ko‘proq yozilishi ta’lim tili bilan bog‘liq holda o‘quvchi ongida “o” grafemasining “o‘ ” fonemasi bilan aloqasi nisbatan kuchliroqligini bildiradi. “H” va “x” grafemalarini qo‘llashdagi xatolarning soni deyarli bir xil:Bu o‘rinda “o‘ ” va “o” unlisidagi kabi ma’lum grafemaning ustunligi kuzatilmaydi. “H” va “x” unlilari talaffuz jihatidan bir-biriga yaqin, og‘zaki nutqda aksariyat o‘zbeklar ikkalasini ham bir xil talaffuz qiladi. Psixolingvistik nuqtai nazardan bu bir tovushning ikkita grafemaga bog‘langanligini bildiradi. Xulosa qilib aytganda, ma’lum tildagi savodxonlik til birliklarining bir-biri bilan aloqasini to‘g‘ri o‘zlashtirish demakdir. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatoning psixolingvistik asosini tushunish mazkur kamchilikni tuzatish uchun samarador mashqlar tizimini ishlab chiqishga imkon beradi. Download 296.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling