Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv
Download 123.96 Kb.
|
14-15-mavzu BTI
«Fikriy hujum» metodi
Metodikaning asosiy qoidalari: g’oyalarni shakllantirishga halal beradigan qanday boimasin biror mulohaza va tanqidiy fikrlarni bajarmaslik; yangicha fikmi tabriklash va fikr qanchalik odatdan tashqari bo‘lsa, uni shuncha yaxshi bo‘lishini hisobga olish; eng ko‘p sonda takliflar olish; g’oyalarni rivojlantirish; har tomonlama dalil-isbotlar keltirmasdan turib, qisqa fikrlarni bayon qilish; guruhni g’oya beradigan o‘quvchilarga va ularni ishlab chiqa- digan o‘quvchilarga bo‘lish. Bu metodika o‘quvchilarni o‘z nuqtai nazarini isbotlash, himo- ya qilish, har qanday vaziyatda eng ma’qul yechimni topish, muloqot olib borishga, himoya qilinayotgan nuqtai nazaming to‘g’riligiga hammani ishontirishga o‘rgatadi. o‘qituvchi topshiriqni tahlil qilishda har bir o‘quvchi qatna- shadigan bo‘lishini kuzatib boradi, bunda javoblaming birortasi ham izohlab o‘tilmaydi va o‘rinsiz deb rad etilmaydi. Guruhda variantlar qolmaganidan keyingina muhokamaga kirishish mum- kin: «Hozirgi davr talabidan kelib chiqib qanday sohalami tadqiq etish zarur deb o‘ylaysiz?» o‘qituvchilar o‘qituvchi bilan birgalik- da barcha variantlarni faolllik bilan muhokama qila boshlaydilar. Va bu o‘rinda noto‘g’ri javoblami tanqid qilishga va noto‘g’ri bo‘lib chiqqan variant xususida tanqidiy munosabatni asoslashga ruxsat berilmaydi. Faqat mashg’ulot oxirida o‘qituvchi bilimlar- ni yanada mustahkamlash uchun to‘g’ri variantlarni yozib olishni o‘quvchilarga taklif etadi. Metodning maqsadi - guruhdan qisqa vaqt ichida ko‘p miq- dor variantlari olish, o‘quvchilar nimalami bilishini aniqlash. Mashg’ulot davomida muammoni hal eta oladigan g’oyalar taklif etilishi, umumiy tajriba yuzasidan fikr almashish uchun zamin yaratilishi va o‘quvchilar istaklarini bildirishi mumkin. Bu jarayon mohiyati shundan iboratki, guruhga mavzu, savol yoki tugallan- magan taklif beriladi. Guruh a’zolari bir necha daqiqa davomida shu mavzu yuzasidan gaplashib, miyasiga nima kelsa, shUlarning hammasini aytishadi va bUlarning hammasini tinglash, bo‘r bilan xattaxtaga yoki bloknotga yozib borish tavsiya etiladi. Gaplaming hammasi, ular qanchalik noaniq, bema’ni yoki bahsli bo‘lmasin, yozib qo‘yilaveradi. Hamma o‘z fikrini muhokama qilmasdan tu- rib, bayon qiladi, chunki maqsad ko‘proq miqdorda va xilma-xil takliflar olishdir. Bu paytda taqiqlar bo‘lmaydi va hech qanday baholar berilmaydi. Qatnashchilarda takliflami tahlil qilish, noro- zilik bildirish va taklif etilgan hamma fikrlarni muhokama qilib chiqish uchun keyinroq imkon bo‘ladi. Agar faollik sust bo‘lsa, o‘qituvchi o‘z fikrlaridan ba’zilarini yozib olishni taklif etishi mumkin, lekin bundan oldin u biroz jim turishi kerak. Metodning qiymati shundaki, u guruhni birlashtirib, yakdil qiladi. Har bir qatnashchiga uning taklifi yozib olishga arzigu- lik ekanligini sezish uchun imkon beriladi. Bu narsa muammoni yechishni musobaqaga aylantirmasdan, balki birgalikda bajarila- digan ishga aylantirishga imkon tug’diradiki, bunda guruhning boshqa bir a’zosi emas, muammoning o‘zi asosiy raqib bo‘lib qoladi. SHunisi muhimki, guruhning qiladigan xatti-harakatlari tartibini o‘qituvchi fikriy hujumning eng boshidayoq tushuntirib berishi kerak. Guruhni topshiriqdan chalg’itishga yo‘l qo‘ymaslik ham muhim: fikr jangida ishtirok etishga o‘rganib qolgan guruh ham takliflami muhokama qilishga vaqtidan ilgari kirishib keti- shi mumkin. Berilgan takliflami yozib borish uchun bir kishini ajratish o‘rinlidir. Bu narsa jarayonni quwatlab borish va tala- balaming fikr lash jarayoni sur’atlarini pasaytirmaslik uchun o‘qituvchiga yordam beradi. «Fikriy hujum» metodini tadbiq etish uchun tavsiyalar: u mavzuga mos keladigan bo‘lishi uchim uni o‘tkazishga yax- shi tayyorlanish; guruh oldida muhokama yuritish uchun mavzuni aniq ta’riflab bering; «Fikriy jang» odatda og’zaki shaklda bo‘lib o‘tadi: o‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar esa, munozaraga tushmasdan, o‘z fikrlarini galma-gal bay on qilishadi, bunda hamma o‘z fikrini aytib bo‘lishi kerak; g’oyalarning hammasini barchaga namoyish qilib ko‘rsatib qo‘yilmaguncha ularni muhokama qilmaslik nihoyatda muhim; jarayonning tartibi va maqsadini o‘quvchilarga tushuntirib qo‘yish lozim; xoh o‘qituvchi bo‘lsin, xoh o‘quvchi bo‘lsin Ularning har qan- day g’oyaga salbiy baho berishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak; g’oyalar ro‘yxati kimdaki uzunroq bo‘lsa, o‘sha yaxshi hisob- lanadi. Download 123.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling