Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv


Download 123.96 Kb.
bet16/17
Sana06.04.2023
Hajmi123.96 Kb.
#1334433
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14-15-mavzu BTI

«Galereyani aylanish» metodi

  • Kichik guruhlaming hamma a’zolariga bitta muammo taklif eti- ladi. Har bir guruh 10 minut davomida o‘z fikrlarini yozadi-da, javo- blar zikr etilgan varaqlami ikkinchi guruh bilan almashtiradi. Ke- yingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob tugal bo‘lmasa, o‘z variantini taklif etishi kerak.

  • «Munozara» metodi

  • Munozara - bu ikki yoki bundan ko‘proq kishilaming keskin chegaralangan qoidalar doirasida og’zaki ravishda o‘zaro olib bo- radigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Uning asosida kam- dan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik bilan keltirilgan dalil yordamida oppo- nentdan ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariya yoki g’oyalarni targ’ib qilish maqsadida emas, balki mamnun bo‘lish va qatnashchilarga bilim berish maqsadida olib boriladi. Munoza­ra mavzui hamisha taklif ko‘rinishida may donga qo‘yilishi kerak, gap namalar to‘g’risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa jumlalami sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va rais qatnashadi. Qatnashchi- laming biri taklifni qo‘llab-quwatlab chiqsa (munozarani ochuv- chi kishi), ikkinchisi - bu taklifga qarshi bo‘lib chiqadi - opponent bo‘ladi. Munozaralarda boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin.

  • Munozara ochuvchi kishi va opponent, shuningdek qo‘shimcha ravishda so‘zga chiqadiganlar o‘z so‘zlarini oldindan tayyorlab olishlari kerak. Har bir kishi muayyan vaqt davomida, odatda, 15 daqiqa so‘zlaydi, har qaysi tomondan qo‘shimcha ravishda so‘zga chiquvchilar ko‘p deganda 2 kishi bo‘lishi va Ularning so‘zlash vaqti 5 daqiqadan ortmasligi kerak. Munozara ochilishidan oldingi yarim soat davomida guruhning har bir a’zosi uning mavzui yuzasidan fikr bildirishi - unga qo‘shilishi yoki qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa beriladi, ikki marta so‘zga chiqish ruxsat etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning hammasi raisga murojaat qilishadi, uning qarori uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi.

    So‘zga chiqish tartibi quyidagicha:

    • munozarani ochuvchi;

    • opponent;

    • munozarani ochuvchining yordamchilari, agar ular bo‘lsa;

    • opponent yordamchilari;

    • sinfdagilaming so‘zga chiqishi;

    • munozarani ochuvchi.

    Raisning asosiy vazifasi munozara tartibiga qattiq amal qilinishi va so‘zlovchilaming munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuza- tib borishdan iborat.
    «Akvarium» metodi
    Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinf- ning o‘rtasidan joy oladilar - go‘yoki «baliq», qolganlar esa, kuza- tuvchi bo‘lishadi. SHu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, ku- zatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g’ri yoki noto‘g’ri javo- blarini yozib borishlari kerak. Avval «baliqlar» g’oyasi taklif etila­di, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g’oyalarini taklif etishadi, shu g’oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g’oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘miga kichik guruhga o‘tadi.
    Bu metodni xuddi «Zakovat» nomli o‘yin singari o‘tkazish mumkin, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, o‘quvchilar bularni 1 daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar o‘quvchi borib o‘tiradi va o‘yin davom etadi.

    Download 123.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling