Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv


Download 123.96 Kb.
bet8/17
Sana06.04.2023
Hajmi123.96 Kb.
#1334433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
14-15-mavzu BTI

«Muloqot» treningi
Trening haqida tushuncha.
Ushbu trening o‘quvchilardan dars jarayonida mustaqil fikr- lashga, o‘z fikrlarini erkin holda bay on eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi.
Maqsad.
Tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarlaming fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g’ri xulosa chiqarishlari- ga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish.
o‘tkazilish tartibi.
Mashg’ulotni boshlashdan avval o‘quvchilarni muloqot, bahs- munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiri- ladi, so‘ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o‘tkazilishni tushun- tiriladi. .
1 -bosqich:
o‘qituvchi mashg’ulotni muloqotning mavzusini aniqlash- dan boshlayd. Masalan, «Siz xalq og’zaki ijodidan ertaknimi yoki hikoyatlami yaxshi deb o‘ylaysiz?» SHu mavzuni o‘rtaga tashlab o‘quvchilardan ertak va hikoyatlar tarafdorlarini aniqlab oladi. Ular- ni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi.

  1. bosqich:

Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni bo‘lsa videofilm, maqollar, mutaf- fakkir va olimlaming so‘zlari va boshqalami tayyorlaydilar. Guruh- dan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o‘z fikrlarini qo‘shimcha qilishlari mumkin. o‘qituvchi guruhlami tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi.
-bosqich:
Guruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach, o‘qituvchi guruhlaming bi- riga himoya uchun so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning qolgan a’zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar birdirishlari mumkin.

  1. bosqich.

Mashg’ulotning 3-bosqichdagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o‘z mavzusi bo‘yicha himoya qiladi. Himo­ya tugagach, trener mashg’ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka, o‘z fikr va mulohazasini birdirmaslikka, savol bermas- likka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda mulo- qotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab, qoidalami to‘liq bajarilishiga
erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

  1. -bosqich:

Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar to- monidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarini yanada ta’kidlab, isbotlab, qolganlami ham shu fikrga qo‘shilishlariga da’vat qilish uchun berilishi mum- kin. Tinglovchilar erkin holda o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga ta’sir ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini ma’qullashga harakat qiladilar. Tre- ner bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, ya’ni u bahs-munoz- arani samimiylik bilan boshqaradi.

  1. -bosqich:

Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikr­larini umumlashtiradi va o‘zining bu masala haqidagi fikr va mu- lohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi.
Mashg’ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg’ulot jara- yonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg’ulotni yakunlaydi.
Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilanadi.

Download 123.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling