Mavzu: Boshlang'ich ta'limda boshqaruv maqsadlarining qo'yilishi va qaror qabul qilish
II . Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari
Download 60 Kb.
|
Mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buning uchun quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim
- III . Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsiplari .
II . Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari .
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan ta`lim tizimi tadbiq qilinadi . Unda kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki , bu faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi . Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishda qaratilgan faoliyatning shakllanishida , har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash arayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi . Bu ong va tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib , bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini , dunyoqarashining rivojlanishini ta`minlaydi . Shu asosga ko`ra , boshlang`ich ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga , o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish asosida ularni tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishdan iborat . Buning uchun quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim : Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish; Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish; qaysiki , bunday yangi imkoniyatlar o`quv materialini muvaffaqiyatli o`zlashtirishigagina emas , balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlaydi . O`quvchilarda o`rganishga hamda ta`lim jarayoniga nisbatan jonli qiziqishni shakllantirish … III . Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsiplari . Boshlangich ta`lim O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan qoida , talab va prinsiplar asosida amalgam oshiriladi . Shunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`limning mazmuni va asosiy vositalari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlanishi maqsadga muvofiqdir : jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga ; ijtimoiy buyurtmalarga ; o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga ; ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga ; ta`limning hammabopligiga ; ta`limning umumiyligiga ; boshlang`ich ta`limning ochiqligiga ; boshlang`ich ta`limning ilmiyligiga ; boshlang`ich ta`limning dunyoviyligiga ; boshlang`ich ta`limning reprezentativligiga ; boshlang`ich ta`limning optimalligiga ; boshlang`ich ta`limning milliyligiga ; boshlang`ich ta`limning insonparvarligiga va umuinsoniyligiga; boshlang`ich ta`limning innovatsionligiga ; boshlang`ich ta`lim shakllari va o`quv predmetlari orasidagi aloqalarning o`zaro ta`minlanganligiga tayangan holda tashkil etiladi … Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling