Mavzu: Boshlang'ich ta'limda boshqaruv maqsadlarining qo'yilishi va qaror qabul qilish
Mualliflar : Q.A.Abdullayeva , R.F.Safarova , M.O.Ochilova , K.N.Nazarov , N.U.Bekboyeva , M.A.Zaynnitdinova
Download 60 Kb.
|
Mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi .
- Sonlar va hisoblashlar
Mualliflar : Q.A.Abdullayeva , R.F.Safarova , M.O.Ochilova , K.N.Nazarov , N.U.Bekboyeva , M.A.Zaynnitdinova
II sinf ONA TILI O`qish texnikasi Miqdoriy ko`rsatkich : minutiga 40-50 so`z Talablar : tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish so`zlarni to`g`ri o`qish gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli `qish gapdagi tinish belgilarni talaffuzda aks ettirish sanash va ajratish ohanglaridan foydalanish 10 ta she`rni yoddan bilish , ertak,topishmoq,maqol,qo`shiqlarni bir-biridan farqlay olish lozim . Matnning xarakteri sodda , ravon , nasriy , nazariy bolalar adabiyoti namunalari . O`zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi Miqdoriy ko`rsatkich 10 minutda 1-1,5 sahifa . Talab : og`zaki nutqning to`g`ri va ravon bo`lishi . Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi . Miqdoriy ko`rsatkich 35-40 so`zdan iborat diktant yoza olish . Talablar : imlo xatolarga yo`l qo`yilmaslik; ijobiy matnning mantiqiy jihatidan izchilligi ; Diktant turlari : lug`at diktant , yoddan yozuv diktanti , nazorat diktanti . Miqdoriy ko`rsatkich : 3-4 gapdan iborat sodda matn yaratish . Talablar : matndagi gapning mazmuni o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi , ko`rsatilgan mavzu doirasida birlashtirilishi ; harflar a tinsh belgilarni to`g`ri yozish ; so`z va apni to`g`ri yozib tinish belgilarni o`rniga qo`ya olishi ; Matnning xarakteri : rasm , manzara,joy,voqea hodisalar tasviri,o`qituvchiga tanish bo`lgan narsa , buyum tasviri . MATEMATIKA Sonlar va hisoblashlar 100 ichida sonlarni xonadan o`tmasdan qoshish va ayirish 18 ichida bir honali sonlarni o`nlik orqali qo`shish va ayrish 100 ichida sonlarni xona orqali o`tib og`zaki va yozma qo`shish hamda ayrish usullari . Qo`sish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orqali o`zaro bog`lanish. Yig`indi va qoldiqni topishga od sonni necha birlik orttirishga oid , ayirmani taqoslashga oid , noma`lum qo`shiluvchini , noma`lum ayirluvchini , noma`lum kamayuvchini topishga oid soda masalalarni yechish . Sonni yig`indiga qo`shish va yig`indiga songa oid , sonni orttirishga va yig`indini topishga oid , yig`indini topishga oid , yig`indini va qoldiqni topishga oid, ayirmani va yig`indini topishga oid tarkibli masalalarni yechish . Vaqtni topishga oid soda masalalar yechish . 0 , 1 , 10 sonlar ishtirokidagi ko`paytirish va bo`lish . Jadval ichida ko`paytirish va bo`lish Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish ; sonlarni bo`lish yordamida taqqoslash . Sonlarni ayirmali va karrali taqoslashga doir , sonlarni bir necha birlik va bir necha marta orttirishga oid , baho,miqdor va qancha turishini topishga doir , bitta narsaning massasini , narsalar sonini va narsalar massasini topishga doir sodda masalalar . Birlikka keltirishga doir tarkibli masalalar . Geometrik shakllar,ularni o`lchash . O`zlari ega bo`lgan hayotiy tajribalarni sistemalashtirish va geometric shakllar atrof borliqdagi buyumlarning obrazi ekanini tushintirish ; Turli-tuman geometric shakllar (burchak,to`g`ri burchak,aylana,doira) bilan tanishish mos atamalarni bilish va qo`llay olish , bu shakllarni aniqlay olish , ularning bazi xossalari bilan tanishish ; Har xil ko`pburchaklarning perimetrlarini topishni o`rganish ; Yuz o`lchovi birligi - kv.sm (kvadrat santimetr) bilan tanishish , ko`pburchakning yuzini topishni o`rganish Matematikani o`rganishga o`quvchi quyidagilarni tasavvur eta olishi kerak : Ko`paytirishni guruhlash va taqsimot xossalari ; Arifmetik amallarning o`zaro bog`liqligini ; Sonli va harfiy ifodalar hamda ular orasidagi farqlarni Bilishi kerak : atamalar : qo`shish,qo`shiluvchilar va yig`indini ;ayirish,kamayuvchi,ayriluvchi va ayirmani ;ifoda va ifodaning qiymatini ; ko`paytirish,ko`payuvchi,ko`paytuvchi va ko`paytmani ; bo`lish ,bo`linuvchi ,bo`luvchi va bo`linmani ; … marta kam va …. Marta ortiqni ; to`g`ri burchak va to`g`ri to`rtburchakni ; aylana ,aylana markazi va aylana radiusini ; ishora (belgisi) va belgilashlarni ; “*” (ko`paytirish belgisi) va “:” (bo`lish)ni ; x (iks)ni ; bir xonali sonlarni qo`shish jadvali va ayirishning shunga mos hollarini tez bajarishda malaka hosil qilish ; ko`paytirish jadvali va bo`lishning shunga mos hollarini ; 2 , 3 amalli ifodalarda chunonchi qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak : 100 ichida sonlarni og`zaki qo`shish va ayirishni o`rganilgan usullar asosida bajarish 100 gacha bo`lgan sonlarni qo`shish va ayirishni ustun shaklida yozish bilan hisoblay olish ; Bir o`zgaruvchili ifodalarning qiymatini shu o`zgaruvchining berilgan qiymatlarida hisoblab topish ; soda masalalarni tanlash va amallar komponentlari orasidagi bog`lanishlar asosida yechish ; O`rganilgan 1 , 2 amalli matnli masalalarni yechish . Malakaga ega bo`lishi kerak : narxi 20 so`mgacha bo`lgan narsalarni sotib olish bilan bog`liq hisoblashga doir masalalar yechish ; Geometrik shakllar , ularni o`lchashga o`quvchi quyidagilarni tasavvur eta olishi kerak : shaklning yuzini . Bilishi kerak : atamalar : to`g`ri burchak , to`g`ri to`rtburchak ; aylana , aylana markazi , aylana radiusini ; belgilashlar : mm (millimeter) , kv . sm (kvadrat santimetr) ni . Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak : ko`pburchak perimetrini topishni . Malakaga ega bo`lishi kerak : atrof borliqda yo`nalish ola bilish (yo`l-yo`lakay yo`nalishini o`zgartirish) ; buyumlarni turli belgilariga , uzunligi (eni,balandligi) ga ko`ra tartibga solish ; elementlarning (cho`plarning) o`rinlarini almashtirish yo`li bilan geometric shaklarning ko`rinishini o`zgartirish. ATROFIMIZDAGI OLAM Tasavvur qila olish kerak : yer sayyora ekanligini ; yerning quyoshg atrofida , oyning yer atrofida aylanishi ; jism va moddalarni ; suvning uch holatini ; hayvonlarning qishdagi hayotini . Bilishi kerak : fasllardagi mavsumiy o`zgarishlarni ; o`simliklarning kuzdagi hayotini ; dehqonlarning kuzdagi mehnatini ; qish faslining manzarasini , qorning xususiyatlarini ; dehqonlarning bahor va yozdagi mehnatini ; o`simliklarning o`t,buta va daraxtlarga bo`linishini ; aksariyat o`simliklarning urug`dan ko`payishini ; termometrni ; inson bilan tabiatning bog`liqligini ; ovqatlanish gigiyenasi ; vaqt o`lchov birligini . Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak : tabiatning nima sababdan jonli yoki jonsiz deyilishini tushuntira olish ; jismning moddalardan tashkil topganligini tavsiflay olish ; havo va suvning yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish ; kuzatishga asoslanib havodagi o`zgarishlarni tushuntira olish ; tabiatni asrashni muhimligini tavsiflay olish ; O’zbekistonda yetishtiriladigan 5-6 xil o’simliklarni ayta olish ; Inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish ;’-kun chiqishi ,tush vaqti,kun botishini tushuntira olish . Malakaga ega bo`lish kerak : Termometr yordamida havo va suvning xaroratini o`lchay olish; Soatdan vaqtni aniqlay olish; Ko`chat-daraxtlarni parvarish qilish; Shaxsiy gigiyenaga amal qilish; Tishni parvarishlay bilish; Ovqatlanish tartibiga amal qilish; Tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni “Kundalik kuzatish daftari”ga qayt qilib borish. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling