Ertaning ketidan kelib qolar shom, Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom, Muhlat bermas u dam to‘lgan paymona. O‘tgan bir oningni qaytara olmas, Na ko‘z yosh, na afsus va na bahona. . . Abdulla Oripov Ahloqiy tarbiya - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum hatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Ahloq-odob tarbiyasi milliy -ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlar asosida amalga oshiriladi. Ahloqiy tarbiyaning vazifasidan biri - ongli intizom bo‘lishidir. Abdulla Avloniy «Intizom deb qiladurg‘on ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar er yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar» deb ta’kidlaydi, Demak, asosan, odobnoma darslarida ahloqiy tarbiya berib, bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilinsa, boshqa fanlarda uni mustahkamlab to‘ldirib boriladi. Masalan, 3-sinfning odobnoma darsida 4-darsning mavzusi «Qarilik donolik» (1 soatlik) berilgan. Bu darsda o‘qituvchi «Qobusnoma» kitobini ko‘rsatib, undan qariyalar haqida, «Qari1ik va yigitlik sifati zikrida» bobi o‘šib beriladi va muhokama etiladi. Xalq maqollaridan misollar keltirib, ahloqiy tarbiya beriladi. O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahlošiy tarbiyaga qaratilgan. 4 - sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda: Salom-salomatlik ma’nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so‘rasalar, etti holatda deb javob bergin. Avvalo yoru do‘stlarni, katta-kichiklarni, aka-ukangni ko‘rganda salom berishing lozim. . . Ikkinchi jamoat joylariga borganingda solam berishing kerak. Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin. To‘rtinchi bir erda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrisiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni hayrlashish salomi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |