Mavzu: boshlang'ich talimni integratsiyalash mundarija: Kirish


Suv va havo bo‘lmasa butun jonzot yashay olmasligini hamma biladi. Har qanday tirik organizm tarkibida suv bo‘ladi


Download 50.11 Kb.
bet17/21
Sana25.01.2023
Hajmi50.11 Kb.
#1121592
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH TALIMNI INTEGRATSIYALASH

Suv va havo bo‘lmasa butun jonzot yashay olmasligini hamma biladi. Har qanday tirik organizm tarkibida suv bo‘ladi.

Bolalarga ekologik tarbiya o‘qish darsida ham o‘rgatiladi. 4-sinf o‘qish darsligida «Buzilmagan uya» mavzusi bor. Bunda: bir bola bog‘da ishlayotgan bobosiga ovqat ola keta turib yulda o‘rtoqlarini uchratadi. O‘rtoqlari qush ovlagani ketayotganini aytadi va uni ham bu yo‘lga tortishadi. Lekin bola kechikayotgani va bobosining qorni ochib qolishi mumkinligi tufayli u o‘rtoqlari bilan ketmaydi. Bobosiga ovqat etkazib, ularga daraxt payvand qilgani yordamlashadi. Ular birga uyga keta turib yulda o‘rtoqlarini uchratadilar. O‘rtoqlari esa qush uyasini buzaman deb, daraxt butog‘iga o‘ralib, chumchuq bolalarini eyishga payt poylab turgan ilondan qo‘rqib, daraxtdan yiqilib qochib ketayotgan edilar. Bola bobosi bilan erda yoyilib yotgan chumchuq bolalariga yordam berib, ilonnni o‘ldirib, o‘rtoqlarining qilgan ishidan nafratlangan holda uyga qaytadilar.

Endi ekologik tarbiyani Ona tili darsida ko‘rib chiqsak. 4-sinf ona tili darsligida «Turg‘un bobom» nomli she’r berilgan.

Bu she’rda ekologik tarbiya olg‘a surilgan.

3. Integratsiyalangan darslarni samaradorlgini oshirish omillari

Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o`tishi va shu orqali-darsning shakli hamda usullarining o`zgarishi dars bosqichi dеb yuritiladi.

Masalan, aralash dars turining tuzilishi:

1) uy vazifalarini so`rash, tеkshirib ko`rish;

2) yangi matеriallarni bayon qilish;

3) yangi matеriallarni mustahkamlash;

4) uy vazifalari topshirishni o`z ichiga oladi. Bunda:

a) uy vazifalarini ko`rish suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish yo`li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining 1-qismi, darsning birinchi bosqichi;

b) yangi matеriallarni bayon qilish jarayonida o`qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, ma'ruza, suhbat kabi usullardan foydalanishi mumkin. Bu - dars tuzilishining ikkin­chi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;

v) yangi matеriallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob bilan ishlash usullaridan fondalanish mumkin. Bu-dars tuzilishining uchinchi qismi, darsning uchinchi bosqichi;


Download 50.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling