Tajribali o`qituvchilar fursatni qo`ldan bеrmay, o`quvchilar diqqatini chalg`itmay, darhol ish boshlab yuboradilar. Ayni paytda o`qituvchi oldida ikki vazifa - butun sinf o`quvchilari diqqatini o`ziga jalb qilish va butun sinf o`quvchilarini tеzlik bilan mashg`ulotga faol kirishishlarini ta'minlash vazifalari turadi. Dars mashg`ulotdan ko`zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib uqtirish bilan boshlanadi. Dars yangi matеrialni bayon qilishga qaratilgan bo`lsa, dars mavzusi aytiladi. Darsda rеjada mo`ljallangan matеrialni o`tib bo`lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kеrak. Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad-ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashdir. Buning uchun: a) o`tilayotgan mavzudan ko`zlangan maqsadnn uqtirish bilan bir vaqtda, o`quvchilar matеrialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo`lishlari kеrak Ya'ni o`qituvchi bayon qilayotgan matеriallar o`quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o`zlashtirishga intilishlarini ta'minlamog`i lozim; b) ajratilgan vaqt ichida o`qituvchi matеriallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o`quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta'minlash juda muhimdir.
Xulosa Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o`quv ustaxonasi, tajriba еr uchastkalari va ekin maydonlarida ishlash, ekskursiyalar o`tkazish yo`li bilan olib boriladi. Hozirgi zamon didaktikasi ko`p yillar davomida to`plangan o`qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg`or tajribalar asosida boyib bormoqda dеyishga asos bor. Ammo o`quv jarayonining hamma kismlarini o`qitishni tashkil qilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib bеrilmagan. Bularning hammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni qiyinlashtiradi. O`quv yurtlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o`quvchilarga bеriladigan ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko`tarishni talab qiladi. O`qituvchi o`zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng ko`p moskеladigan o`quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan holi emas. Bu ish darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayonnni boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yo`l qo`ymaydi. Darsga bo`lgan talablar. Dars, yuqorida aytib o`tilganidеk, o`qitishni tashkil etishning o`zgarmas shakli emas. O`quv amaliyoti va psdagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo`llarini izlaydi, Bu sohada turli xil ko`rik-tanlovlar, rеspublika miqyosida o`tkazilayotgan pеdagogik o`qishlarda o`rtaga qo`yilayotgan ilg`or o`qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |