Mavzu: Boshlanģich sinf o’quvchilar shaxsining shakllanishi. Tayyorladi: Toshpo’latova O’razxol


-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi


Download 1.58 Mb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1636605
1   2
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf shaxsining shakllanishi.

-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi;
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
-K.M.Y. davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish .
_ birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining bahosiga),
jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan.
.
. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar K.M.Y.ning o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi.
K.M.Y.gi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo‘lishi mumkin.
Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.Bu davrga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi.
. Bu Yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi
Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar - o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 Yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi. Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi: a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi: a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali.
K.M.Y.gi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davrida hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi. Bu Yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin.
. I – IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling