Mavzu: Boshqalar fikrini hurmat qilish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish, muloqot maneralari


Download 114 Kb.
bet1/9
Sana22.12.2022
Hajmi114 Kb.
#1041618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshqalar fikrini hurmat qilish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish, muloqot maneralari


MAVZU:
Boshqalar fikrini hurmat qilish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish, muloqot maneralari

Psixologning kommunikativ ko‘nikmalarining namoyon bo‘lishida uning mahorati muhim ahamiyatga ega.


Kasbiy mahorat – kadrningning kasbiy jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligi.
Kasbiy mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko‘rinadi. Shu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda ustuvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo‘lishi, psixologik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim. Ta’lim jarayonining faol ishtirokichisi bo‘lgan psixologikning psixologik mahorati uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqeyi, u tomonidan psixologik texnikaning yetarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi. Psixologik mahorat yaxlit tizim bo‘lib, uning tarkibida bir qator sifatlar ko‘zga tashlanadi.
Tarkibiy qismlar:

  1. Kasbiy bilimdonlik.

  2. Kasbiy qobiliyat.

  3. Psixologik muloqot madaniyati.

  4. Psixologik relaksasiya.

  5. Psixologik takt.

  6. Kasbiy texnika.

  7. Nutq texnikasi.

  8. Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati.

  9. Psixologik madaniyat.

  10. Psixologik ijodkorlik.

  11. Kasbiy odob.

  12. Tajriba.

Psixologning kommunikativ kompetentligi. Psixologning kommunikativ kompetentligi uning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar va rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, pedagogning o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Psixolog o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo‘lishiga intiladi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling