Mavzu: Boshqalar fikrini hurmat qilish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish, muloqot maneralari


Download 114 Kb.
bet4/9
Sana22.12.2022
Hajmi114 Kb.
#1041618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshqalar fikrini hurmat qilish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarshi qo‘yish, muloqot maneralari

Muloqot madaniyati – muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etish asosidasuhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatiga egalik.
Ta’lim amaliyoti pedagogik muloqot jarayonida pedagoglar tomonidan quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishidan dalolat beradi: ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash; sustkashlik, o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish; haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish. Pedagog o‘quvchilarga samarali kommunikativ ta’sir ko‘rsatish malakalarini o‘zlashtira olishi zarur.
Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish – o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish, ularga to‘g‘ri yondashish, pedagogik nazokat bilan ularga tarbiyaviy, irodaviy va hissiy ta’sir etish.
Mahoratli pedagog faoliyatida pedagogik takt ham o‘ziga xos o‘rin tutadi:
Pedagogik (nazokat) takt – pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar, hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondashish malakalariga egaligi.
Pedagogik takt pedagog faoliyatiga g‘oyaviy va amaliy jihatdan bir- biriga mos keladigan pedagogik axloqning bevosita tatbiq etishning shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Takt (dahldorlik) axloqiy hulq-atvor, xatti-harakat bo‘lib, o‘zida barcha obyektiv harakatlarning oqibati va ularning shaxs tomonidan subyektiv qabul qilishni avvaldan ko‘ra olish, belgilangan maqsadga osonroq erishish yo‘llarini izlashning namoyon bo‘lishi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik takt ijodiy izlanishni talab etadigan amaliy harakatdir. Pedagogga xos bo‘lgan pedagog taktning asosiy tarkibiy elementlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
1) shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
2) yuksak talabchanlik;
3) suhbatdoshni qiziqish bilan tinglay olish
va unga nisbatan qayg‘urish malakasi;
4) ruhiy barqarorlik, dadillik va og‘ir vazminlik;
5) munosabatlar jarayonida ishonch bilan so‘zlay olish;
6) qat’iyatlilik (qaysarlik emas);
7) o‘quvchilarga nisbatan e’tiborli va xushyor bo‘lish
Psixolog takt, shuningdek, pedagogning o‘quvchi javobini diqqat bilan tinglashida, javobning mazmuniga alohida e’tibor qaratishida, bordi-yu, o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, uni bosiqlik, vazminlik bilan to‘g‘rilashda, o‘quvchi faoliyatini haqqoniy, oqilona baholashda, qo‘yilgan bahoning mohiyatini izohlashda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda javob berayotgan o‘quvchiga jilmayish, turli imo-ishoralar bilan, boshni qimirlatish, yuz ifodalari, qo‘l harakatlari bilan uning javoblarini ma’qullab turish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling