Mavzu: Boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari Reja: Boshqaruv faoliyatida vaqt ahamiyati


Download 24.99 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi24.99 Kb.
#1029312
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanihs


Mavzu: Boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari
Reja:

  1. Boshqaruv faoliyatida vaqt ahamiyati

  2. Vaqtni unumli boshqarish shartlari

  3. Vaqtni unumli va samarali boshqarishda menejerlar uchun maslahat va tavsiyalar

Qanday qilib o‘z vaqtingizni boshqarishingiz mumkin? Ko‘p rahbar (menejer)lar kuni bilan kechgacha ishlashadi, lekin samarasi ko‘rinmaydi. Aksariyat holatlarda hordiqsiz ish yuqori baholanadi. Lekin bu ish vaqti noto‘g ‘ri rejalashtirilganligi uchun jazodir. Vaqtdan yuqori samara olish uchun unga tanqidiy ko‘z bilan qarash kerak. «Men o‘z vaqtimdan eng samarali usulda foydalanmagandirman? Buni biror kimsa bajarsa bo‘lmasmidi?» degan savolni berib turish maqsadga muvofiqdir. Ko‘p xodimlar nima uchun ayni bir vazifani bajarayotganligini bilmasdan ishga sho‘ng‘ib ketishadi. Bunda ish jarayoni maqsadga aylanib qoladi. O‘zini o‘zi va faoliyatini tashkil qilib olgan xodimlar esa oxirgi maqsadni hech qachon yoddan chiqarmaydilar. Ish vaqtining paradokslaridan biri shuki, biz uni rejalashtirsak, u ko‘payib boraveradi. Bir soat vaqtni samarali rejalashtirishga sarflash uch-to‘rt soat vaqtni tejashga olib keladi. Ish kunining oxirida qilingan ishlami tahlil qilish uchun 10-15 minut vaqt sarflagan menejer ertasi kuni bir soat vaqtni yutadi. Uy ishlarini oila a’zolari bilan rejalashtirish maqsadga muvofiq. Turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz o‘zlari yordam beradi deb o‘ylamang. Ko‘p odamlar ulardan talab qilingan ishlarnigina bajaradilar. Ish vaqtini rejalashtirishda quyidagi savollarga javob berish zarur:
1. Nimaga erishdim?
2. Nimaga erishmoqchiman?
3. Qanday erishaman?
1-savol holatni baholaydi; 2-savol maqsadni aniqlaydi; 3-savol maqsad sari faoliyat rejasini belgilaydi. Nimaga erishdim degan savolga javob topish uchun oldin vaqtdan qanday foydalanayotganimizni aniqlashimiz kerak. Bu esa kelajakda uni qanday sarflash zarurligini aniqlab beradi. Aksariyat odamlar o‘z vaqtidan qanday foydalanayotganini bilishmaydi. Ish vaqti byudjetining tahliliga bag‘ishlangan har qanday tadqiqot menejerlarga ish vaqti yetishmayotganligi to‘g ‘risida axborotni shakllantiradi va ulami hayratga soladi. Ish vaqti sarfi jumalini tutish vaqtni tahlil qilishning eng samarali usullaridan biridir. O‘z faoliyatingizni har 15 minutda yozib yuring. Shunda siz faoliyatingizdagi birlamchi ishlami aniqlaysiz. Zarurmi nozarurdan ajratasiz. Bunday tahlil sizning vaqt o ‘g ‘rilaringizni aniqlashga yordam beradi. Maqsad va yo‘nalishlami aniqlamasdan turib ish vaqtidan samarali foydalanish mumkinmi? Yo‘q! Hayot va ishda aniq maqsad hal qiluvchi yo‘lni aniqlaydi. Maqsadlami butun bir hayotingizga, har kuningizga, har soatga qo‘yish kerak. Uyda va ishda eng zarur ishlaringizni yozib yuring, qog‘ozga yozilmagan reja va ish xayolparastlikdir. Ish kuni oxirida kelgusi kun qiladigan ishlaringizni yozib qo‘ying. Bu ro‘yxat qiladigan zarur ishlaringiz yoddan chiqishining oldini oladi. Mutaxassislaming ta’kidlashicha, 80% vaqtni menejerlar arzimas narsalarga sarflashadi, 20% vaqtga esa 80% samara to‘g‘ri keladi. Shuning uchun zarur ishlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Ular quyidagilarga guruhlanadi:
• eng zarur ishlar, ulami darhol bajarish kerak;
• unchalik zarur boim agan ishlar, ulami vaqt topganda bajarish kerak;
• zarur bo‘lmagan ishlar talab qilingan davrgacha to‘xtatib turish mumkin bo‘lgan ishlardir.
Agar shunda ham stol tortmasi qog‘ozlar bilan liq to‘la bo‘lsa, ulami tashlab yuborish kerak. Buning uchun «eng zarur» va «eng tez» bajarilishi kerak boMgan ishlar o'rtasidagi chegaralarni aniqlab, qog‘ozlami tartibga solish zarur. Tadqiqotlarga asosan 80% qog‘ozlardagi yumushlami birinchi tartibga solishdayoq hal qilsa bo‘ladi. Lekin o'rtacha menejer faqat 20%i ni hal qiladi, 60%i yana tortmaga joylanadi yoki «Ochilmaydigan papka»ga joylanib, uyga olib ketiladi. 0 ‘zingizning ish va yozuv stolingizni, ish xonangizni, uyingizni to‘g‘ri tashkil qiling. Buni vaqtdan muvaffaqiyatli foydalanish mezoni sifatida qo‘llang. Ishni anologik tartibda taqsimlang, bema’ni vaqt sarfidan qoching. Farzandlaringizga sarflanadigan vaqtdan samarali foydalaning, bu vaqtda bog‘ va hovlidagi yumushlarni birgalikda bajaring. Bunday faoliyat davrida kelgusi kunga rejalar tuzing, axborot va yangiliklar to‘g‘risida oila a’zolaringiz bilan suhbatlashing.

Download 24.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling