Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Rivojlanishdagi nuqsonlar darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili


Download 150.21 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi150.21 Kb.
#1552726
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu (2)

Rivojlanishdagi nuqsonlar darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).

8. Anomal bolalar yoshini inobatga olish tamoyili muayyan guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalar qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va maxsus yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Anomal bolalarning yoshi, nuqsonlarining turlari, darajasi psixologik-pedagogik tekshirish asosida aniqlanadi. Bunday tekshirishlar quyidagi metodlar yordamida tashkil etiladi:



  1. Suhbat metodi. Suhbat shaxs bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bola shaxsi, hissiy-irodaviy sifatlari, xulqi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablariga oid ma’lumotlarni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitishida nuqsoni bo‘lsa yoki ijtimoiy munosabatga qiyin kirishsa suhbat uyushtirish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda bola qiziqadigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish to‘g‘ridir.

  2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning maslahatga kelishidan avval boshlanib, yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.

  3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, unga erkin rasm chizish taklif etiladi. Bolaning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun muhim ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, predmetlarni alohida tasvirlashga harakat qiladilar.


  4. Download 150.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling