Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Download 150.21 Kb.
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi150.21 Kb.
#1552726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-mavzu (2)

6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – “qobiliyatini tiklash”) anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga ko‘ra ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo‘qotish va kamaytirishga yordam beradigan maxsus tibbiy vositalar, maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli toifalari uchun maxsus o‘quv muassasalarida hal etiladi. Ularda o‘quv jarayoni bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga tayangan holda tashkil etiladi.
7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” – “moslashish”) anomal bolalarning individual, guruhli xulqlarini ijtimoiy qoidalar, qadriyatlarga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishish qiyin, ular ijtimoiy o‘zgarishlarga qiyin moslashadilar, murakkab talablarni bajara olmaydilar. Ijtimoiy adaptatsiya anomal bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8. Oila tarbiyasi ijtimoiy reabilitatsiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Oila va maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkon qadar kasb ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar yo‘nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi, xulqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu boradagi korreksion-pedagogik quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:



Korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim va korreksion-tarbiyaviy ishlar pedagog, ijtimoiy-pedagog, psixolog, logoped, tibbiyot xodimlari, jumladan, ortoped va boshqalar tomonidan tashkil etiladi. Ularning bu harakatlari korreksion-pedagogik faoliyat deb yuritiladi.



Коррекцион-ривожлантирувчи таълим аномал болаларга ўз вақтида малакали педагогик ёрдам кўрсатилишни таъминловчи табақалаштирилган таълим тизими бўлиб, бола ривожланишини таъминлайдиган билимларни тизимлаштириш, ривожланиши ва ўқишидаги камчиликларни йўқотиш, етарлича шаклланмаган кўникма ва малакаларни шакллантириш, боланинг идрок этишдаги камчиликларни тузатишга хизмат қилади



Download 150.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling