Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Коррекцион-тарбиявий ишлар


Download 150.21 Kb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi150.21 Kb.
#1552726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
12-mavzu (2)

Коррекцион-тарбиявий ишлар аномал болаларнинг ривожланишидаги камчиликларни йўқотиш, камайтиришга қаратилган махсус педагогик чора-тадбирлар тизими бўлиб, фақат алоҳида нуқсонларни тузатишга йўналтирилган бўлмай, балки уларни умумий ривожлантиришга ҳам хизмат қилади




Коррекцион-тарбиявий фаолият боланинг идрок этиш имкониятларини ўзгартириш, ҳиссий-иродавий, индивидуал-шахсий сифатларини такомиллаштириш, қизиқиши, лаёқати, меҳнат, бадиий, эстетик ва б.ш. қобилиятларини ривожлантиришга қаратилган педагогик хатти-ҳаракатдир


Bola rivojlanishidagi nuqsonlarning turlari. Tadqiqotlarning natijalari rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sonining oshib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda ham bola rivojlanishidagi nuqsonlarni turlarga ajratish bo‘yicha yagona qarash mavjud bo‘lmasa-da, ko‘p hollarda ularni quyidagi turlarga ajratish to‘g‘ri deb topilmoqda:


Mualliflar

Nuqsonlarning turlari

M.A.Vlasova, M.S.Pevzner

1. Sensor xislati etishmaydigan bolalar (eshitish, ko‘rish, nutq qobiliyati, tayanch-harakat apparati, sensomotorik funksiyasi buzilgan). 2. Ruhiy rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 3. Astenik yoki reaktiv holatli, tashvishlanishga moyil bolalar. 4. Psixopatik (xulqning hissiy buzilishi) xulqli bolalar. 5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar). 6. Psixik kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va b.sh.) namoyon bo‘ladigan bolalar

O.N.Usanova g‘oyasiga ko‘ra

1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo‘lgan bolalar. 2. Funksional etuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo‘lgan bolalar. Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar

V.Raxmanova

1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va ruhiy rivojlanishidan ortda qolgan bolalar). 2. Nutqi buzilgan bolalar. 3. Sensorli (ko‘rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan) nuqsonlarga ega bolalar. 4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar. 5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo‘lgan bolalar


Download 150.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling