Avrangzeb-SHoh Jahonning o’g’li Avrangzeb saroy fitnasi natijasida otasini taxtdan ag’darib va qonli jangda uchta aka–ukalarini yengib taxtga kelgan edi. U tajribali qo’mondon va siyosiy nayranglarning ustasi bo’lgan. U Dekan vodiysiga bir necha yurishlar uyushtirib, eng chekka janubdan tashqari butun Hindiston hududini birlashtirishga erishdi. Mutaassib dindor bo’lganligi sababli parchalanayotgan imperiyani saqlashning yo’li sifatida islom qoidalarini qat’i joriy qilishga kirishdi. Musulmon bo’lmaganlardan olinadigan soliq – juzьyani qaytadan tikladi, hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga o’z bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyurdi. Natijada imperiyaning turli chekkalarida boburiylarga qarshi harakatlar boshlanib ketdi. Bu harakatlar feodal davlatlarda doimiy bo’lib turadigan odatdagi qo’zg’olonlardan ommaviyligi bilan ajralib turardi. Boburiylarga qarshi harakatlarning g’oyaviy asosida etnik va diniy faktorlar alohida ahamiyatga egabo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |