7.1674-yil- Shivadji tantanali ravishda taxtga o’tirdi. Biroq SHivadjining o’limidan so’ng bir necha yil ichida Avrangzeb bu davlatni bosib oldi. Taxtga kelgan SHivadjining o’g’li Sambxadji 1689 yili qatl qilindi. Lekin Maxarashtrani qaytadan to’liq bo’ysundirishning iloji bo’lmadi. XVIII asr boshiga kelib maratxlarning mustaqil davlati endi boburiylarning poytaxti Dehliga xavf solib turardi.
Gobind Singx-1675 yili Avrangzeb sikxlarning yo’lboshchisi guru Teg Baxadurni Dehlida qatl qildirdi. SHundan so’ng sikxlar harakatiga guruning o’g’li, qobiliyatli siyosatchi, sarkarda va shoir, keng bilimli va jasur shaxs guru Gobind Singx (1666 –1708) rahbarlik qiladi. XVII asr hind madaniyatining yorqin namoyandalaridan biri Gobind 1708 yili yollanma qotil tomonidan o’ldirildi. Gobindning o’limidan so’ng harakatga Banda Baxadur ismli shaxs rahbarlik qildi va 1715 yili u o’ldirilgandan so’ng ham harakat davometdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |