Mavzu bo’yicha topshiriq talaba: Tòxtasinov Baxodir Guruh: “18. 68” XVI-XVII asrlarda Hindiston
Download 11.18 Kb.
|
Hindiston 2
Ost-Indiya-Ost-Indiya kompaniyasi aktsionerlik jamiyati bo’lib, uning mablag’lari juda tezlik bilan oshib bordi. Ost-Indiya kompaniyasi 1600 yili Hindistonda o’z korxonalarini ochish huquqini qo’lga kiritdi. 1657 yili Kromvelning maxsus xartiyasi e’lonqilingan bo’lib, unga binoan kompaniyaga urush e’lon qilish va sulh tuzish, tanga pul zarb qilish va o’z armiyasiga ega bo’lish huquqi berilgan edi. Kompaniya Hindistonning turli nuqtalarida savdo shoxobchalari, sho’’balar tashkil qila boshladi. Masalan, faqat Bengaliyada kompaniyaning 150 ta ombor va 15 ta yirik sho’’balari mavjud edi. 1690 yili ular boburiylardan olgan yerlariga mustahkam qo’rg’on – Kalkutta shahrini barpo qildilar. Ular savdo va siyosiy faoliyatining markazlari Dehli, Kalkutta va Madras shaharlari bo’lib qoldi. Kompaniya, shuningdek, general-gubernator boshqaradigan yer mulkiga hamda uni qo’riqlash uchun ma’lum miqdordagi qo’shinga ham ega edi. SHu tariqa ingliz ofitserlari qo’mondonligida Yevropa usulida qurollangan va o’rgatilgan yollanma hind askarlari – sipohilardan harbiy qismlar ham tashkil qilindi.Ost- Indiya kompaniyasining boshida yengil va tez boyishnigina izlaydigan mulkparast ishbilarmonlar turar va ular Hindistonning yerlari hamda boyliklarini egallab olish uchun har qanday qabihlikdan hamqaytmasdilar.
Shivadji- Maxarashtra mintaqasida bo’lib o’tgan yirik qo’zg’olonlardan birining yetakchisi Qo’zg’olon 1646 yili boshlanib tezda mustaqil davlatning tashkil topishiga olib keldi. 1674 yili SHivadji tantanali ravishda taxtga o’tirdi. Biroq SHivadjining o’limidan so’ng bir necha yil ichida Avrangzeb bu davlatni bosib oldi. TaxtgakelganSHivadjiningo’g’liSambxadji1689yiliqatlqilindi.Lekin Maxarashtrani qaytadan to’liq bo’ysundirishning iloji bo’lmadi. XVIII asr boshiga kelib maratxlarning mustaqil davlati endi boburiylarning poytaxti Dehliga xavf solibturardi. Download 11.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling