Mavzu bo’yicha topshiriq talaba: Tòxtasinov Baxodir Guruh: “18. 68” XVI-XVII asrlarda Hindiston
Download 11.18 Kb.
|
Hindiston 2
MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQ Talaba: Tòxtasinov Baxodir Guruh: “18.68” XVI-XVII asrlarda Hindiston 1.1526-yil- Boburning janglarda toblangan 20 ming qo’shini Afg’onistonning tog’li yo’llari orqali Hindistonni ishg’ol qildi. Hind rojalari birlasha olmadilar va Bobur qo’shiniga qarshilik qilishga ojizlik qildilar. Uning qo’shini artilleriyada katta ustunlikka ega edi. SHu ustunlik, ajoyib sarkardalik mahorati va jangdagi uddaburonlik tufayli Bobur qisqa vaqt ichida SHimoliy Hindistonning katta qismini o’ziga bo’ysundirdi. 1526 yil 21 aprelda Panipat yonidagi jangda sulton Ibrohim qo’shinlarini tormor qildi va Dehlini egalladi. Boburni taxtga taklif qilgan saroy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar, xolos. Bobur Dehli taxtida uzoq o’tirmaydi, olgan o’ljalari ko’rsatgan yordami uchun yetarli, taxtni o’zlariga qoldirib, qaytib ketadi, deb hisoblashgandi. Ammo Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 1526-yil 13 martda bo’lgan jangda Bobur ular ustidan ham g’alabaqozondi. Akbar-Boburning vorislari ichida eng mashhuri Akbar edi. U haqiqiy imperiyaning asoschisi, Hindiston tarixida buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan. Boburiylar imperiyasi uning hukmronligi davrida eng yuksak gullab-yashnashga erishdi. Akbar otasidan meros qilib urushlar oqibatida xarob bo’lgan bir nechta yarim mustaqil knyazliklarnigina olgan edi. U ba’zan qurol kuchi bilan, ba’zan esa kelishuvlar yo’li bilan mamlakat hududini bir necha marta kengaytirdi, boy viloyatlardan Gujorat, Bengaliya, Markaziy Hindiston va Kashmir, shuningdek, Dekan sultonligiga qarashli Berar va Axmatnagor yerlarini o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Ilgari doimiy tinchlikni buzuvchilar bo’lgan mag’rur va jangovar Rajput rojalarini o’zining ishonchli ittifoqchilariga aylantirdi, ularning eng obro’lilari bilan quda-andachilikni yo’lga qo’ydi, rajputlarning otliq qo’shini Akbar armiyasining asosiga aylandi. Akbar mustahkam, markazlashgan davlatni va kuchli markaziy hokimiyatni barpo qilish uchun bir qator islohotlarni amalga oshirdi.Hududiy-ma’muriyislohotlarnatijasidaimperiyaaniqboshkaruv,sud va soliq tizimiga ega bo’lgan, podshoh tayinlaydigan noiblar tomonidan boshqariladigan hududlarga ajratildi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og’irlik o’lchov birliklari tizimi, islom va hinduizmning dogmalariga emas, o’sha davr astronomiya fanining, xususan Ulug’bek astronomiyasining yutuqlariga asoslangan taqvim joriy qilindi. Rajput-O’ra asirlarda Hindistondagi harbiy kasta-tabaqa; hozirgi Shimoliy Hindistondagi kasta. R. ajdodlari mil 1-ming yillik o’rtalarida asosan Rojasthon hududida yashaganlar. R. o’zlarini hind qahramonlari va shohlari-kshatrilarning avlodi (o’zlarini R. yoki rajputra –shoh o’g’li deb atashlari shundan) deb hissoblaydilar. Download 11.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling