Mavzu bo‘yicha topshiriqlar biozararlanishlar tushunchasi va predmetini tavsiflab bering
Download 37 Kb.
|
BZ topshiriq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Biozararlanishning ikkiyoqlamali xususiyatini tahlil qiling.
- 3.Biozararlanishning kelib chiqish sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasining ahamiyatini izohlang.
- 4.Biozararlanish fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni qanday ahamiyatga ega
- 5.Fanning dolzarbligi izohlang.
- 6.O‘zbekistonda bu sohada olib borilayotgan izlanish va tadqiqotlar, olimlar, erishilgan yutuqlariga to‘xtaling.
- MAVZU BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR 1.Biozararlanishlar tushunchasi va predmetini tavsiflab bering. Biozararlanish fani mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlardan texnik moslamalari, xom-ashyo va materiallar hamda inson tomonidan yaratilgan qurilmalarni saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish davomida himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli ilmiy va amaliy dolzarb masalalarni o‘rganadi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi bino va inshootlarni qurilma, uskuna va materiallarni biologik yemirilishini yuzaga keltiruvchi litotrof va organotrof bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon organizmlarining biologik xususiyatlari, tuzilishi, klassifikatsiyasi haqida bilim berish. Bu fan nazariy va amaliy masalalarni hal etish orqali biologiya, ekologiya va ayrim texnik fanlar yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2.Biozararlanishning ikkiyoqlamali xususiyatini tahlil qiling. Biozararlanish fani xalk xo‘jaligining muhim tarmoqlari, jumladan transport, neft sanoati, qurilish, energetika va aloqa, turli sanoat inshootlari, qurilma va moslamalariga, hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarga, omborxona va ularda saqlanadigan zahiralarga zarar keltiruvchi organizmlar bilan tanishtiradi. Zararkunandalarni aniqlash, ularni zararini oldini olish va mavjud kurash choralarini qo‘llash usullarini o‘rganish fanning asosiy vazifalaridir. 3.Biozararlanishning kelib chiqish sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasining ahamiyatini izohlang. 1963 yili tashkil etilgan mutaxassis-ekspertlar guruhi kelajak strategiyasida birinchi darajali vazifalarni belgiladi. Ekspertlar tayyorlagan materiallar keyingi barcha tashkiliy harakatlarning asosi bo‘lib, birinchi navbatda biozararlanish bo‘yicha birinchi xalqaro simpoziumi (BXS) ni, 1968 yili Angliyada o‘tkazishga asos soldi. Shunday qilib, biozararlanish muammosi inson faoliyati doirasida muhim ilmiy va amaliy muammo sifatida alohida statusga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatda ko‘pchilik mamlakatlar mutaxassislaridan muammo doirasini uzil-kesil aniqlashni, terminlar va metodik yondoshuvlarni ishlab chiqishni talab qildi. 4.Biozararlanish fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni qanday ahamiyatga ega? Biozararlanish asoslari maxsus fani biologik fanlardan botanika, zoologiya, mikrobiologiya, mikologiya, ekologiya, tabiiy fanlardan fizika va kimyo, hamda xalq xo‘jaligining manfaatdor sohalariga tegishli texnik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 5.Fanning dolzarbligi izohlang. Biozararlanishning ikki yoqlama tabiatini e’tiborga olib ekologo-texnologik konsepsiya ta’kidlashicha e’tiborni quyidagi, ularning vujudga kelishi va o‘tish jarayonida sodir bo‘lgan, muhim hodisalarga qaratadi. 1. Zararlovchi turlarning ro‘yxati kabi zararlanuvchi obyektlarning tarkibi ham xar doim o‘zgarib turadi. 2. Yuzaga kelgan vaziyat faktorlar har bir daqiqada biozrarlanish xususiyatini faqat ma’lum bir turning populyatsiyasida namoyon qilsa, va holanki boshqalari indifferent bo‘lishi mumkin. Boshqa bir holatda ko‘rinish o‘zgarishi mumkin, o‘shanda birinchilari biozararlanishning yashirin agentlariga o‘tadi, ikkinchilari esa shubhasiz zararkunadalar rolini o‘ynaydi. 3. Biozararlantirish xususiyatlarini o‘tishida atrof-muhit ko‘p qirrali tabiiy-mintaqaviy va iqlimiy faktorlardan boshlab va tirik organizmlarning mavsumiy va sutkalik bioritmlarigacha bo‘lgan muhim ekologik sharoitlar faollik ko‘rsatadi. 6.O‘zbekistonda bu sohada olib borilayotgan izlanish va tadqiqotlar, olimlar, erishilgan yutuqlariga to‘xtaling. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 27 avgust 07/1-398 sonli bayoniga asosan “Biozararlanish asoslari” o‘quv qo‘llanmasini yaratishga qaror qabul qilindi va yaratildi. Biozararlanish – atrof muhitni inson tomonidan unga kiritilgan yangiliklarga javob reaksiyasidir. Inson yaratgan materiallar va mahsulotlar biosferada sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarga kirishib ketib, tabiiy biotsenozlar tarkibiga qo‘shiladi. Biozararlanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlarda bir tarafdan organizm va atrof muhit boshqa tarafdan inson qo‘li bilan yaratilgan bunyodkorlik mahsuli bir-biriga ta’sir qiladi. Bu komponentlarning o‘zaro ta’sirini avvalambor ularning xo‘jalik faoliyati va inson turmushi nuqtai nazaridan o‘rganishda biozararlanish muammosi kompleks ekologik-texnologik yondoshishlarga asoslanadi. Kompleks yondoshuvlar biozararlantiruvchi agentlarni – tirik organizmlarning o‘zaro ta’sirini, ayniqsa shunday holatlarda, qachonki ular turli sistematik guruhlar, turlar va populyatsiyalarga yoki bir-biridan ekologik uzoq bo‘ganlarida hisobga oladi. Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling