Mavzu: bozor iqtisodiyoti jarayonlarini modellashtirish iqtisodiy masalalarni grafik usulda yechish va tahlil qilish


Download 28.66 Kb.
bet7/8
Sana09.09.2023
Hajmi28.66 Kb.
#1674907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu bozor iqtisodiyoti jarayonlarini modellashtirish iqtisodi-fayllar.org

3. Moliyaviy institutlar — bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit tashkiloti hisoblanadi.
4. Davlat, aniqroƒi, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik subyektlari va bozorni zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham shuƒullanadi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar.
Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha:
Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida namoyon bo’ladilar.
Jamiyat insonlardan tarkib topar ekan, ularning har birini o’z shaxsiy hayoti, hayotdan maqsadi, orzusi mavjud. Ћar bir kishi jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarni amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo’ladi. Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat va undagi hukmron sosial-iqtisodiy tizim bilan boƒliq bo’ladi.
Ћar bir inson farovon yashashga, kishilar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishga, qolaversa o’zidan so’ng tarixda nom qoldirishga intiladi.
Tadqiqotchi-psixologlarning fikricha insoniyatning asosiy qismi farovon yashash uchun harakat qilar ekan. Turmush farovon bo’lishi uchun turli-tuman ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi kerak. Bunday mo’l-ko’llikni yuqori darajadagi mehnat unumdorligi ta’minlaydi.
Kishilik jamiyati o’z taraqqiyoti davomida mehnat unumini oshirish uchun insonni mehnatga jalb qilishning turli yo’llarini qo’llagan. Ularni asosan 3 guruhga bo’lish mumkin:
a) mehnatga majbur qilish;
b) mehnatga iqtisodiy raƒbatlantirish;
v) mehnatga ma’naviy raƒbatlantirish.
Bu usullar birgalikda qo’llanib kelingan, lekin tarixiy rivojlanish bosqichlarida, turli sosial-iqtisodiy tizimlarda ularning nisbati turlicha bo’lgan.
Inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon sodir bo’lib turadi. U o’z ishining natijasini baholanishini, taqdirlanishini doimo tahlil etadi. Agar mehnatini taqdirlanishidan ko’ngli to’lmas ekan, hafsalasi pir bo’ladi, ishga qo’li bormaydi. Ћar bir insonning mehnat qilishi va mehnati munosib taqdirlanishi jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi.
Insonning fe’l-atvoriga to’ƒri keladigan mehnatga jalb qilish-ning eng ma’quli mehnatga iqtisodiy raƒbatlantirish ekan. Bu usulni ustun darajada bozor iqtisodiyoti sharoitidagina keng qo’llashga imkoniyat yaratiladi. Mulkning turli-tumanligi va teng-ligi, raqobat kurashi, iqtisodiy faoliyat erkinligi buning uchun asos yaratadi. Ћar bir insonning hayot tarzi, turmush darajasi, eng avvalo uning topgan daromadiga boƒliq.
Umuman olganda daromad olishning ikki yo’li mavjud:
1. Mehnat evaziga.
2. Mulki evaziga.
Bozor iqtisodiyoti cheklangan resurslarni taqsimlash va ishlatishda almashuvga asoslanar ekan, eng avvalo zarur tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni yuqori darajada samarali bo’lishini ta’minlaydi. Kuchli raqobat kurashi sharoitida har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi o’z mavqyeini saqlab qolishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proq harakat qilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdir.
Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka qarshi kurashadi1.
Xarajatlarni pasaytirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishiladi. Ћar bir ishlab chiqaruvchining resurslarni tejashga intilishi, ularni samarali taqsimlanishini ta’minlaydi.
O’zgarayotgan sharoitga yuqori darajada tezda moslashuvchanlik ham bozorning ustunligi hisoblanadi.
Bozor mexanizmi yuqori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiqarishi va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizasiya qilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. Ana shu xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur qiladi.
Natijada ana shu ishlab chiqarish tarkibi va hajmi talab asosida shakllanadi va unga binoan resurslar ham taqsimlanadi.
«Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkoniyatini beradi»2.
Fan-texnika yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish novasiyaga moyilligi bozor iqtisodiyotining yana bir ustunligidir.
Bozor iqtisodiyoti turli-tuman ehtiyojlarni qondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash imkoniyati kengligi bilan ham ajralib turadi. Bozor iqtisodiyotini yuqorida va boshqa boblarda sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z navbatida xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iqtisodiyotining boshqa boblarda ham ko’rilgan ijobiy tomonlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy iqtisodiyotga aylantiradi.
Bozor iqtisodiyoti shubhasiz afzallikka ega, lekin uni har qanday kamchilik va qarama-qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarash xato, bozor iqtisodiyotini xolisona baholashdan yiroq. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud:
1. Bozor iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni talab darajasida saqlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi.
2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi.
3. Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan tadqiqot, nazariy izlanishlar raƒbatlantirilmaydi.
4. Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin sarflangan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, katta mablaƒlar talab qiladigan, jamoa birgalikda foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish raƒbatlantirilmaydi.
5. Aholini tabaqalanishini kuchayishiga olib keladi.
6. Narxlar pariteti (qaychisi) sanoat foydasiga hal bo’ladi.
Yuksak rivojlangan bozor iqtisodiyotida ana shu kamchiliklarni cheklash uchun davlat tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar mehnat faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab foydalanishga, novasiyaga intilishga, har bir ishga qo’l urishdan avval natijasi qanday bo’lishini puxta o’ylashga, oqilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada uning eng asosiy afzalligi bozorning to’kinligini ta’minlashi namoyon bo’ladi.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tish global, ya’ni umumjahon voqyeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari, yo’nalishlari asosida amalga oshadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga boƒliq:
1) geografik o’rin;
2) tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi;
3) tarixiy taraqqiyot darajasi;
4) aholining an’analari va urf-odatlari;
5) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi;
6) jamiyatning ijtimoiy yo’nalishi.
Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari bo’lib, bular:
a) bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi;
b) tovarlar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi;
v) raqobat kurashiga asoslanishi;
g) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat.
Bozor iqtisodiyoti barcha mamlakatlarda o’z xususiyatlari va umumiy tomonlarining o’ziga xos qorishmasidan iborat bo’lib, ilmiy iqtisodiyotda har xil model (andaza) tarzida ifodalanadi.

Download 28.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling