Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning hatti-harakatlari va tanlovi. Mundarija


-rasm. O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab


Download 6.54 Mb.
bet4/14
Sana02.11.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1739765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Микро. Макро. Курс иши намуна

2-rasm. O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab

Joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga o‘sdi. Yil boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Joriy yilning I yarim yilligida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning fundamental faktorlari hamda tashqi omillar ta’sirida shakllandi.

Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi (mln. AQSH doll.) 3-rasm.

Chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar


Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2020 yilning dastlabki 6 oyligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi (2019 yil yanvar-iyun oylari - 6,1 mlrd. AQSH doll.).
Mazkur davrda, birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’ektlari tomonidan 1,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olinib, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi esa 4,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
2020 yil yanvar-iyun oylarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi

operatsiyalar hajmi dinamikasi (banklarning yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri operatsiyalari) (mln. AQSH doll.)
Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish
maqsadlari tarkibi (foizlarda)

4-rasm.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oylik o‘rtacha soni 6253 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisabatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (6153).


Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling