Mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari reja


Xodimlarni rag‘batlantirish


Download 169.5 Kb.
bet16/21
Sana10.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1086688
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-MAVZU6

Xodimlarni rag‘batlantirish korxona ish beruvchisi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda qo‘llanadi. Bir necha rag‘batlantirish choralari, shu jumladan moddiy (pul mukofotlari, qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash) va ma’naviy (tashakkurnoma bildirish, maxsus unvonlar berish) rag‘batlantirish choralari bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin2.
Xodimning rag‘batlantirish haqida korxona bo‘yicha buyruq chiqariladi, bu haqda mehnat jamoasiga e’lon qilinadi va bu to‘g‘risida xodimning mehnat daftarchasiga yozib qo‘yiladi. Xodim alohida mehnat muvaffaqiyatlari, davlat va jamiyat oldidagi ulkan yutuqlari uchun belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Xodimlarning intizomiy javobgarligi. Korxonada amal qiluvchi ichki tartib qoidalar, xodimning burchlari, xizmat vazifalari doirasida xilof ravishda qilingan harakatlar intizomiy nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi. Intizomiy nojo‘ya harakat deb xodim tomonidan aybli va xuquqqa xilof tarzda o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmasligi tushuniladi.
Mehnat Kodeksining 181-moddasida intizomiy nojo‘ya harakat sodir etgan xodimga nisbatan quyidagi jazo choralari qo‘llanishi mumkinligi nazarda tutilgan:

  1. xayfsan;

  2. o‘rtacha oylik ish haqining 30%dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, ichki mehnat tartibi qoidalarida 50%dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish mumkinligi ko‘zda tutilishi mumkin;

  3. mehnat shartnomasini bekor qilish.

Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi. Intizomiy jazo qo‘llanishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bir intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. Xodim o‘z aybli harakatlari bilan korxona mol-mulkiga zarar yetkazgan bo‘lsa, xodim intizomiy jazoga tortilishi bilan birga moddiy javobgarlikka ham tortilib, undan yetkazilgan zarar undirib olinishi mumkin.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling