Mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari reja


Mehnat shartnomasining ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi


Download 169.5 Kb.
bet15/21
Sana10.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1086688
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU6

Mehnat shartnomasining ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi

  1. texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatlarining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar xajmining qisqarganligi (korxonaning tugatilganligi).

  2. xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi.

  3. xodim tomonidan o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganlik

  4. xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganlik

  5. o‘rindoshlik tarzida ishlamaydigan boshqa hodimning ishga qabul qilinishi, shuningdek o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi.

  6. mulkdorning almashinishi sababli korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan mehnat shartnomasisining bekor qilinganligi.

Bu holatlarda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilish haqida xodimni yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart. Ogohlantirish muddatlari:

    • xodimlar soni (shtati), ish xususiyatlarining o‘zgarishi, korxonaning tugatilganligi, shuningdek, korxona egasining o‘zgarishi munosabati bilan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan mehnat shartnomasisining bekor qilinganligi – kamida 2 oy oldin;

    • xodimning bajarayotgan ishiga noloyiqligi oqibatida mehnat shartnomasisining bekor qilinganligi – kamida 2 xafta oldin.

35 soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqti belgilanadi.


Mehnat intizomi
Mehnat intizomi ikki yoqlama xususiyatga ega va xodim majburiyatlari bilan bir vaqtda ish beruvchining ham xodimga samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratish, uning mehnatiga haq to‘lashi lozimdir. Mehnat qonunchiligida mehnat intizomi, texnologiya intizomi, xizmat intizomi, moliya intizomi va boshqalar xaqida so‘z yuritiladi.
Mehnat intizomi haqidagi tartib qoidalar quyidagilarda mustahkamlangan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi

  2. Xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarda.

  3. Tarmoq (soxa) xo‘jalik faoliyatiga oid meyyoriy xujjatlarda.

  4. Korxonalarning ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari.

  5. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari.

  6. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida.

  7. Boshqa shakllardagi meyyoriy xujjatlar.

Mehnat intizomini ta’minlash maqsadida boshqarishning iqtisodiy, tashkiliy-ruhiy, xuquqiy usullaridan keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1999 yil 14 iyunda 746-son “Idoraviy bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik faoliyati yo‘nalishidan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ichki tartibning namunaviy qoidalari” mavjud bo‘lib, bu qoidalarda xodim va ish beruvchining asosiy majburiyatlari belgilangan.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoishlarini o‘z vaqtida aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga amal qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling