Mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari reja


Download 169.5 Kb.
bet12/21
Sana10.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1086688
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU6

Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa meyyoriy xujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada, odatda davlat tilida tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan so‘ng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan rahbar tomonidan imzolanib, uning imzosi korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi mazmuni – tomonlar qo‘lga kiritayotgan xuquqlar, o‘z zimmalariga olayotgan majburiyatlar majmuidir.
Mehnat shartnomasi zarur shartlar va qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga oladi. Quyidagilar mehnat shartnomasining zarur shartlari hisoblanadi:

  1. Ish joyi – xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo‘linmasi)ning nomi;

  2. Mehnat funksiyasi – mazmuni lavozim yo‘riqnomalari va boshqa meyyoriy xujjatlar bilan belgilangan muayyan mutaxassislik, lavozim bo‘yicha ish;

  3. Ish boshlanadigan kun – qonun xujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechikmay ishga tushishi shart;

  4. Mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa shartlar.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasiga qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin:

    • Bir necha kasb (lavozim)da ishlash

    • Agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, sinovning aniq muddatlari;

    • Xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi;

    • Qo‘shimcha dam olish kunlari, ta’tillar;

    • Ijtimoiy-maishiy sharoitlar (transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va x.k.);

Mehnat shartnomasining muddati qoidaga ko‘ra cheklanmaydi va taraflar uni bekor qilish istagini bildirmagunlariga qadar amal qilaveradi.
Mehnat shartnomalari quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin:

  • Nomuayyan muddatga;

  • Besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;

  • Muayyan ishni bajarish vaqtiga.

Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan xujjatlar:

  1. Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa xujjatni, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar esa, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvoxnoma va turar joyidan ma’lumotnoma;

  2. Mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida kirayotgan shaxslar – asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;

  3. Xarbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha xarbiy guvoxnomani yoki xarbiy xisobda turganligi xaqida guvoxnomani;

  4. Qonun xujjatlariga asosan maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin o‘lgan ishlarga kirayotgan xodim oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish xuquqini beradigan guvoxnomani yoki boshqa tegishli xujjatni taqdim etadi.

Ishga qabul qilish – ish beruvchining buyrug‘iga asosan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarilishiga asos bo‘lib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi hisoblanadi. Buyruq matni tanishib chiqish uchun xodimga taqdim etiladi va undan tanishib chiqqanligi to‘g‘risida tilxat olinadi.



Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling