Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi
Download 168.62 Kb.
|
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif hajmi aniqlanadi.
- Nazorat savollari 1. Ishsizlikning qanday turlari mavjud Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi
- 3. Potensial YaIM koʻrsatkichini izohlab bering.
- 6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa roʻy beradi
- 8. Tarkibiy ishsizlik turining oʻziga xos ji h atlarini aytib bering.
- 10. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering. 24-MAVZU BYUDJET SOLIQ SIYOSATI
ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga;
mehnat resurslarini boshqarish usuliga. Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif hajmi aniqlanadi. Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan koʻproq boʻlsa, bozorda ishchi kuchining qoʻshimcha manbalaridan qoʻshimcha taklif etiladi. Qoʻshimcha manbalari boʻlib mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, oʻquvchilar hisoblanadi. Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qoʻshimcha, ishchi kuchining oqib kelishi ragʻbatlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi va h.k. Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan kam boʻlsa, qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini koʻpaytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoʻllaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Agarda ishchi kuchiga boʻlgan talab taklif bilan teng boʻlsa va muvozanat oʻrnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilarning malakasini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish va ish xaqini samarali tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning oʻsish sur’atlarini jadallashtiradi. Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil topadi: koʻp bosqichli ish tanlash, oʻqitish va qayta tayyorlash tizimi; keng koʻlamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda doimo boʻsh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi, kadrlar zarur boʻlgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga hamkorlik qiladi; alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish bilan bandligi maxsus dasturlari; Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo prognoz qilish va oʻrganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi. Oʻzbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari kiradi: oʻqishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar; tarmoq korxonalaridagi strukturaviy oʻzgarishlar natijasida ishsiz boʻlib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka oʻtishdan kelib chiqqan ishsizlar; raqobatda singan va past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan korxona va tashkilotlar; vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat birjalari koʻmagida yangi ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat. Mehnat birjalarida ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, qayta tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat birjalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning tumanlarida faoliyat koʻrsatmoqda. Nazorat savollari 1. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? 2. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering. 3. Potensial YaIM koʻrsatkichini izohlab bering. 4. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday oʻlchash mumkin? 5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga qaysi holatlar sabab boʻldi? 6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa roʻy beradi? 7. Friksion ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering. 8. Tarkibiy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering. 9. Davriy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering. 10. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering. 24-MAVZU BYUDJET SOLIQ SIYOSATI 24.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yoʻnaltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. Mohiyatiga koʻra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi boʻlib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli boʻlgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat byudjeti faqat oʻziga xos boʻlgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oʻz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy oʻrinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi boʻlsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boʻladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablagʻlar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qoʻshilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir boʻladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan toʻliq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qoʻshilib ketishi sodir boʻladi. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini koʻrib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning oʻzida, oʻzaro bogʻlangan va ma’lum darajada mustaqil boʻlgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga moʻljallangan koʻp sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning oʻzida va uzluksiz sodir boʻlsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni boʻlish va ularni alohida-alohida koʻrib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari toʻgʻrisida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablagʻlarining bir qismi davlatning qoʻlida toʻplanishi sodir boʻladi. Ana shu asosda mablagʻlarni oluvchi sifatida davlat bilan mablagʻlarni toʻlovchilar oʻrtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablagʻlar ajratib olingan boʻlib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga moʻljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. Download 168.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling