Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi


Download 168.62 Kb.
bet21/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:

2) davlat byudjetining daromadlari



1) byudjetga toʻlovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar)

Davlat byudjetiga toʻlovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, toʻlovchilarning xarajatlaridan iborat boʻlib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning oʻzida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) oʻrtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor boʻlsa, bu narsa u yoki bu darajada toʻlovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari oʻzining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.


Byudjet daromadlari davlatning subyektlar (xoʻjaliklar va aholi) bilan oʻzaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil boʻlishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari oʻzlarining iqtisodiy tabiatiga koʻra obyektiv boʻlib, ular davlatning subyektlar (xoʻjaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi davlatning oʻziga xos funksiyalarga ega boʻlgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga toʻlovlar) va yanada taqsimlash obyekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi boʻlib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — subyektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablagʻlar boʻlib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga moʻljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablagʻlarini oluvchilar — subyektlar oʻrtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo boʻladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan subyektlarga pul mablagʻlarining teskari oqimi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablagʻlarni byudjetlar ichida taqsimlash va subyektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, oʻzaro bogʻlangan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. Davlat byudjeti koʻp sonli va boʻlingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot harakatining asosiy yoʻnalishlarida namoyon boʻladi. Aynan byudjet iste’mol va jamgʻarish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va subyektlar oʻrtasida boʻlinishiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadi. Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi koʻrinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.

1) taqsimlash;



2) nazorat.

Davlat byudjeti ikki xil funksiyani bajaradi:

Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon boʻladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol koʻrinadi.


Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi oʻziga xos boʻlgan xususiyatga ega boʻlib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablagʻlari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga boʻlinadi va koʻp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha boʻlinmalari bevosita yoki bilvosita bogʻlangandir.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda boʻysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, oʻz navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.

Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki boʻlganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi.


Davlat byudjetining nazorat funksiyasi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablagʻlarini jalb qilish;
2) mablagʻlarni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishni koʻzda tutadi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:
- moliyaviy resurslarga boʻlgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
- moliyaviy resurslarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir obyektdan ikkinchisiga oʻtkazish yoʻli bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning oʻzlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni toʻliq oʻzlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
- qoʻshimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.



Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling