26.4. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda byudjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari samarasi ta’siri ostida boʻladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEqΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga oʻsishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda oʻsishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq boʻyicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida oʻsadi.
Xarajatlardagi ozroq oʻzgarish daromadlardagi undan ancha katta boʻlgan, oʻzgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) boʻladi (10.1-chizma).
ΔY=ΔE x (1/(1-b))= ΔE x m
Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari multiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar sistemasini yechish orqali topish mumkin:
Y=C+I+G
C=a+bY
Bu yerda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
E=Y
E
E2=Y2 E2=E1+ΔE(ΔG)
ΔE
E1=Y1 E1=C1+I1+G1+Xn1
ΔY
E1=Y1 E2=Y2 Y
1-chizma. Davlat xarajatlari oʻzgarishining multiplikativ samarasi
Tenlamalar sistemasini Y uchun yechib quyidagi natijani olamiz:
1
Y = ---------- (a+I+G);
1-b
Bu yerda: 1/(1-b) – yopiq iqtisodiyotda soliqqa tortish hisobga olinmagan vaziyatda xarajatlar multiplikatori;
(a+I+G) – avtonom xarajatlar;
b=MPC – isteʼmolga chegaralangan moyillik boʻlib multiplikator miqdorini belgilovchi asosiy omildir.
Soliqqa tortish hisobga olinganda iste’mol funksiyasi oʻzgaradi va C=a+b(1-t)Y koʻrinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qoʻyib yechsak, quyidagi natijani olamiz:
1
Y= --------------- (a+I+G)
1-b ( 1-t)
Bu yerda: 1 / (1-b(1-t) – yopiq iqtisodiyotda xarajatlar multiplikatori;
t – chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Bu yerda: ΔT – toʻlanadigan soliqlar miqdorining oʻsishi;
ΔY – daromadlarning oʻsishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi va ishlab chiqarish hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha kichikroq miqdorga ega, chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan chiqadi va multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda ham koʻzga tashlanadi. Shuningdek, ochiq iqtisodiyotda oshgan daromadlarning bir qismi importga yoʻnaltirilishi oqibatida muomaladan chiqib ketishi tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli ishlab chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini yechib topiladi:
Y=C+I+G+Xn
Do'stlaringiz bilan baham: |