Mavzu: Bozor siyosati
Download 229.79 Kb.
|
Bozor siyosati
Mavzu: Bozor siyosatiReja: 1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi 2. Ijobiy tashqi ta’sirlar 3. Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati 4. Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar 5. Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar 1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi. Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida ko`rsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat – harajat) maksimal darajaga yetadi. Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko`rsatadi? Alyuminiy bozori Talab chizig’i xaridorlar uchun qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ni QBOZOR, xaridorlar uchun to’liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini oshiradi. Tashqi ta’sirlar bo’lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir. Download 229.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling