Mavzu: Bug‘ bilan ishlov berish yordamida sulfidli oltin boyitmasini oltingugurt va margimushdan tozalash kо‘rsatkichlari
Mavzu: Misli rudalardan oltin va kumushni ajratib olish
Download 0.86 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Sianli bo‘tanadan ionalmashinuvchi smola bilan oltinni sorbsiyalash
Mavzu: Misli rudalardan oltin va kumushni ajratib olish
Yuqorida aytilganidek, mis minerallarining hammasi sinil tuzining eritmasida ozmi kо‘pmi erish qobiliyatiga ega. Oltin rudasida mis minerallarining bо‘lishi sinillash jarayonida reagentlar sarfini oshirib yuboradi. Shuning uchun mis minerallarining sinillashga salbiy ta’sirini yо‘q qilish kerak bо‘ladi. Misli rudalardan oltin va kumushni ajratib olish uchun rudaning tarkibiga qarab turli xil texnologiya qabul qilinadi. Agar mis rudada asosan sulfid holda bо‘lsa (xalkopirit, bornit, xalkozin va boshqalar), bunday rudalardan mis flotatsiya usuli bilan ajratib olinadi, flotatsiya qoldig‘idan (xvostidan) esa oltin, kumush sinillash yо‘li bilan eritmaga о‘tkaziladi. Agar mis rudada oksidlardan iborat bо‘lib (xrizokolla, malaxit, azurit, akantit va boshqalar) flotatsiya usuli bilan ajratib olishning iloji bо‘lmasa, u holda bunday ruda sulfat kislotasining eritmasi bilan tanlab eritilib eritmaga о‘tkaziladi. Tanlab eritishdan qolgan qoldiq (kek) sinillash jarayoniga yuboriladi. Agar rudada karbonatlar va boshqa kislotada eruvchi moddalar kо‘p bо‘lsa, misni tanlab eritish uchun ammiakdan foydalansa ham bо‘ladi. Ruminiyada oltinli pirit boyitma (6% mis bor) 550-600oC da kuydiriladi va mis sulfat holga о‘tkaziladi. Olingan kuyindi suvda yoki kuchsiz kislotali eritmada tanlab eritiladi. Mis eritmaga о‘tadi. Qoldiq sinillash jarayoniga yuboriladi. Sulfat hosil qiluvchi kuydirish boshqa zavodlarda ham qо‘llanilgan. Agar ruda tarkibida kо‘mirsimon moddalar bо‘lsa, sinillash jarayonida eritmaga о‘tgan oltin va kumush ionlari shu moddaga yutilib, kek bilan birga chiqindixonaga tashlab yuboriladi. Metallarni ajratib olish darajasi pasayib ketadi. Ruda tarkibida bо‘lgan har bir kilogramm kо‘mir 5-6 gramm oltinni yutish qobiliyatiga ega. Ba’zi bir rudalar tarkibida bо‘lgan kо‘mirli slanslarning yutish qobiliyati kamroq. Shuning uchun kо‘mirsimon moddalar bо‘lgan rudali konlarning har birini alohida о‘rganib chiqish zarur. Rudaning xususiyatiga qarab (kimyoviy va mineralogik tarkibi, oltinning rudadagi shakli, oltin qaysi mineral qurshovida turishi, kо‘mirning miqdori va faolligi) unga ishlov berish usullari quyidagicha bо‘lishi mumkin: 1. Tanlab eritish uchun maxsus marom tanlanib, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sinillash. 2. Uglerodni faolsizlantiruvchi reagentlar (kerosin, skipidar, flotomasla va boshqalar) bilan rudaga ishlov berib, keyin sinillash. 3. Kо‘mirsimon moddalarga yutilgan oltin va kumushni desorbsiyalash, ya’ni kekni bir necha bor desorbentlar (sinil, Na2S va NaOH eritmalari) bilan yuvish. 4. Rudadan faol uglerodni flotatsiyalash yoki oksidlab kuydirish yо‘li bilan chiqarib tashlash. 5. Oltin va kumushni sinildan boshqa kuchliroq erituvchi bilan tanlab eritish kerak. Birinchi usul - tanlab eritish jarayoni uchun maxsus marom tanlash deganda, ruda zarrachalarining о‘lchami yoki maydalash darajasi tushuniladi. Ruda qancha kо‘p maydalansa, zarrachalar yuzasi shuncha kattalashib boradi va yutish jarayoni tezlashadi. Eritmada oltin va kumushning konsentratsiyasi qancha yuqori bо‘lsa, kо‘mirga yutilishi shuncha katta bо‘ladi, tanlab eritish jarayoni qancha uzoq davom etsa, oltin va kumushning kо‘mirga yutilishi shuncha kо‘proq bо‘ladi. Shuning uchun laboratoriyada tajriba о‘tkazib, me’yoriy maromni aniqlash kerak. Eng effektiv usul - sorbentlar (qatron, faol kо‘mir) qо‘shib sinillashdir. Ikkinchi usul - uglerodni faolsizlantiruvchi reagentlar bilan ruda va boyitmalarga ishlov berib, sо‘ngra sinillash. Bunday reagentlarga kerosin, flotomaslo, skipidar, krezil kilotasi, neft va neft mahsulotlari kiradi. Sinillashdan oldin bо‘tanaga yuqorida keltirilgan reagentlardan biri qо‘shiladi va 25 daqiqa davomida aralashtiriladi. Sо‘ngra sinillash jarayoniga yuboriladi. Oltin va kumushning eritmaga о‘tish miqdori 10 barobar, hatto 15 barobar oshadi. Bunga sabab kо‘mir gidrofob (suv yuqmas) modda bо‘lganligi uchun yog‘simon reagentlar uning yuzasini qoplab plyonka hosil qiladi. Uning teshiklari (g‘ovaklari) bekiladi, yutish qobiliyati susayadi. Reagent sarfi 0,5-0,6 kg/t, undan kо‘p bо‘lsa jarayonga salbiy ta’sir qiladi. Sababi oltin zarrachasining yuzasini ham parda qoplab, erituvchida erishni qiyinlashtiradi. Kamchiligi shuki, ishlatiladigan hamma reagentlar yong‘inga moyil va zaharli. Uchinchi usul. Bu usulda sinillash jarayoni tugagandan keyin bо‘tana fazalarga ajratiladi. Eritma oltinni ajratib olishga yuboriladi. Kek esa 2-3 marotaba qayta-qayta NaCN eritmasi bilan yuviladi. Eritma qaynoq bо‘lsa yana ham yaxshi bо‘ladi. Yuvish jarayoni suvsiz ammiak yoki 0,2% Na2S eritmasi bilan amalga oshirilsa ham bо‘ladi. Olingan eritmadan oltin va kumush sementatsiyalanib, chо‘kmaga tushiriladi. Jarayonning kamchiligi qо‘shimcha operatsiyalar о‘tkazishning zarurligi va natijada kambag‘al eritmaning olinishidir. Tо‘rtinchi usul flotatsiya usuli bо‘lib, ruda tarkibida bо‘lgan uglerodning suv yuqmaslik (gidrofoblik) xossasiga asoslangan. Rudaning xususiyatiga qarab, har xil variantlar qabul qiladi. Kollektiv flotatsiyalashda hamma flotatsiyalanuvchi minerallar - uglerod, sulfidlar, hatto oltin zarrachalari ham boyitmaga о‘tkaziladi va boyitmadan oltin va kumush pirometallurgiya yо‘li bilan ajratib olinadi. Flotatsiyadan qolgan qoldiq chiqindixonaga yoki unda oltinning miqdori 1% dan yuqori bо‘lsa, sinillashga yuboriladi. Ba’zida selektiv flotatsiya qilinadi. Bunda faqat uglerod boyitmaga о‘tkaziladi. Flotoboyitmalardan yig‘uvchi sifatida kerosin, kо‘pik hosil qiluvchi sifatida sosna yog‘i ishlatiladi (0,2-2,5 kg/t). Masalan, ayrim korxonalarda rudaga kerosin va ohak qо‘shib, tegirmonlarda yanchiladi, sо‘ng sosna yog‘i yordamida uglerod flotatsiya qilinadi. Uglerod boyitmasidan oltin-kumushni ajratib olish uchun eritishga yuboriladi. Flotatsiya qoldig‘idan (xvostdan) oltin sinillash yо‘li bilan ajratib olinadi. Sinillash jarayonida oltinning eritmaga о‘tish darajasi 99 % ni tashkil qiladi. Beshinchi usul - oksidlab-kuydirish natijasida boyitma yoki ruda 600-650oC haroratda kuydiriladi. Harorat 600oC dan past bо‘lsa, tо‘liq kuymaydi. 650oC dan yuqori bо‘lsa, oltin zarrachasining yuzasi oksid pardalar bilan qoplanib, erishi qiyinlashadi. Havo (kislorod) ham me’yorida bо‘lishi kerak. Havo kо‘p bо‘lsa, arsenatlar hosil bо‘lib, margimush qisman kuyindida qoladi va sinillash jarayoniga xalaqit beradi. Shuning uchun margimushni tо‘liq gaz fazasiga о‘tkazish uchun ozroq havo berish kerak. Ikkinchi bosqichda esa kо‘mirning tо‘liq yonib ketishi uchun ortiqcha havo berish kerak bо‘ladi. Oksidlangan mis rudalaridan misni va nodir metallarni ajratib olish uchun Peruda xlorlab qaytaruvchi kuydirish texnologiyasi yaratilgan va ishga tushirilgan. Bu texnologiyada, ruda kerakli о‘lchamda maydalangandan keyin unga osh tuzi (NaCl) va kо‘mir qо‘shib aralashtiriladi va 680-750oC da kuydiriladi. Jarayon davomida Cu2Cl2, AgCl, AuCl3 hosil bо‘ladi va suv (rudadagi namlik) ishtirokida uglerod bilan qaytariladi: Kuydirish jarayonining asosiy mahsuloti о‘zida oltin va kumushni eritib qotishma hosil qilgan mis metali bо‘ladi. Kuyindi tegirmonda maydalanadi va flotatsiyalanadi. Flotoreagent sifatida amil ksantogenati va sosna yog‘i ishlatiladi. Muhit nordonligi - pH=8,0-8,4. Flotoboyitmada misning konsentratsiyasi 40-60%. Kumushniki 5,7-14,2 kg/t. Agar rudada ham oksidlangan, ham sulfid holdagi mis bо‘lsa, ruda oldin sulfat kislotasi ertimasida tanlab eritilib, sо‘ng oksidlangan mis eritmaga о‘tadi. Eritmaga о‘tgan mis temir kukuni bilan bо‘tana о‘zida qaytariladi: . Sо‘ngra bо‘tana flotatsiya jarayoniga yuboriladi. Bunda mis sulfidlari, mis metali va oltin boyitmaga о‘tadi. Flotatsiyalash qoldig‘i sinillash jarayoniga yuboriladi (V.Y.Mostovich taklif qilgan). Mavzu:Sianli bo‘tanadan ionalmashinuvchi smola bilan oltinni sorbsiyalash Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda qo’laniladi: Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash; Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash; Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda olib borish(oltin va kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash). Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga qatron ionitlar ta’sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan cho’ktirishdagidek, bunda rux o’rniga qatron ishlatiladi. Shu yo’sin xomaki oltin metali olish jarayoni ham soddalashadi. Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va regeneratsiya jarayonining qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha olmaydi. Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki agitator yoki pachuklarda tanlab eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta’sir ettiriladi. Ikkinchi usulning avzaligi qimatbaho filtirlarning qo’llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, dastgohlarning ko’p joy egallashi va ko’p kapital xarajatlarning sarflanishi. Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya tugatishi bilan oltinini olingan bo’tana tashlanma hovuz (otvallarga) yuboriladi. Qatronni bo’tanadan ajratib olishda yanchilgan ruda va qatron o’chamlari farqi asosiy rol o’ynaydi. Masalan: qatron yanchilgan ruda zarrasiga qaraganda bir necha barobar katta o’lchamga ega. Shu sababdan qatron ham bo’tanani maxsus to’rdan o’tkaziladi, elak-to’r o’lchami zarrachada katta va yangitdan kichikroq yasalgan bo’ladi. Qatronning zarralari to’r ustida (elak-to’r) tutilib qoladi. Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday qilib, qatronni oddiy g’alvirlash yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi. Bo’ tanada nodir metallarni ajratib olishning asosiy maksadi ham, ushbu bo’tananing filtrlashdan ko’ra, galvirlashga almashtirishga asoslangan. Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash bilan birga qo’shib olib boriladi. Tanlab eritish paytida ionitlar, to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin va kumush zarralari bilan aloqada bo’lishi kerak. Bu usulda ham tanlab eritilgan bo’tana suzish jarayonini chetlab o’tadi. Jarayonning afzalliklari quyidagilar: a) oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab qiluvchi va qimatbaho filtirlarning qo’lanilmasligi; b) sianlash jarayonida oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kam; v) Sorbsiyalash jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) oltining ajralishi yuqori darajada (98-99 %) va yuqori sifatda olinishi. Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib borilib unda eritishga keladigan yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, miqdori 80-90 % da bo’ladi. Agar ruda zarralarining o’lchami undan katta bo’lsa qatronni ruda bilan ezilishi hisobiga yo’qotilishi oshishi mumkin. Sorbsiya jarayonida ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu bo’tanadan qatronni oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiglari olchami 0,4-0,45mm undan yirik qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi bo’tana esa keyingi pachukka o’tadi. Boshlang’ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga o’tadi. Oltining qolgan qismi sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga o’tib so’ng sorbciyalanadi dastlabgi sianlash jarayonini olib borish anioning oltin va kumushga bo’lgan ishchi hajmining oshishiga olib keladi. Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12) tashkil topgan bo’lib ular butanani katrondan ajratish uchun setkalar va xavo yordamida ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama-qarshi oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgoxlardan birlashmasidan iborat. Dastlabki sianlashdan o’tgan pulpa birinchi sorbsiyalash dastgohiga keladi va barcha dastgohlardan anionit bilan qarama-qarshi harakatda o’tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va kumishning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi dastgohdan pulpa chiqadi, kam miqdorda oltin va kumush pachuk setkalaridagi kamchiliklar sababli butanada katron bilan qolgan bo’ladi. Shuning uchun butana nazoratchi g’alvirda katron ajratib olinadi va qolgan bo’tana sianidlardan tozadanib chiqindi saqlanadigan joyga tashlanadi. Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o’tgan kayta tiklangan katron va yokotilganlarini urnini tuldirish uchun kushimcha yangi katron kushilib sungra sorbsiya zanjirining oxirgi pachugidan yuklanadi. To’yingan katron yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va regenerasiya jarayoniga jo’natiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling