Mavzu: bug’doy donning kul miqdorini aniqlash


Download 34.81 Kb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1077164
  1   2
Bog'liq
8-лаборатория доншунослик


MAVZU: BUG’DOY DONNING KUL MIQDORINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Don kuldorligini aniqlash uslubini o’rganish.
Asbob va uskunalar:laboratoriya tegirmoni, analitik tarozi, toshlari bilan, 20x20 sm bo’lgan shisha plastinka, tigellar, eksikator,qisqich, mufel pechi.
Asosiy tushunchalar:
Dondagi kul miqdorining quruq moddalarga nisbatan miqdoriga donning kuldorligi deb aytiladi.Kul miqdori boshoqli donlarda 1,5-4,5% gacha bo’ladi. Sholida esa bu ko’rsatkich 6% ga boradi. Turli dollar kul miqdori turlichadir. (jadval 5).
5-jadval

Don nomi

Kul miqdori
%

Don nomi

Kul miqdori
%

Bug’doy

1,60-2,30

Javdar

1,71-2,25

Suli

2,85-3,55

Tariq

3,49-4,11

Sholi

4,85-6,00

Gorox

2,41-3,85

Makkajo’xori

1,51-2,00

Arpa

2,42-3,00

Soya

4,44-5,65

Kungaboqar

3,05-4,07

Don kuldorligi o’simlik turiga, naviga etishtirish xududi, sharoiti tuproq va tuproqga beriladigan o’g’tlar va boshqa faktorlariga bog’liq xolda o’zgarib turadi. Don tarkibidagi mineral moddalarning notekis taqsimlanishi sababli donning turli qatlamlarida kul miqdori turlicha bo’ladi. Masalan: bug’doy donining kul miqdori 1,95-2,00% bo’lganda endospermda kul miqdori 0,39-0.6% ni, murtakda 5.2-7,5% ni, qobiq va aleyron kavatda 9.3-12.4% ni tashkil etadi. Don kuldorligining un ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichi sifatida axamiyati katta. Kul miqdori qancha yuqori bo’lsa, un navi shuncha past bo’ladi. Ishlab chiqarish laboratoriyalarida don kuldorligi namunani mufel pechida kuydirish yo’li bilan aniqlab topiladi.


Mufel pechi ikkita asosiy qismdan iborat: korpus va reostat. Korpusning sopol qismi xrom nikelli sim bilan o’ralgan bo’lib uni ikkita uchi tashqariga chiqarilib, ikkita kontaktga ulangan. Yukori tomonidan sopol sim bo’ylab asbes bilan qoplanib, temir g’ilof bilan yopilgan. Reostat yordamida pechning chug’lanish darajasi oshiriladi yoki kamaytiriladi. Chug’langan mufelning rangi bo’yicha shkalaga tayanib pechning qizish darajasi xaqida taxminiy fikr yuritish mumkin: kuchsiz qizil-600-650 0S. yorqin-qizil 850 0S, oq. 1200 0S.
Tigellar. Ular qattiq moddalarni qizdirish va shu kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. Tigellar 1200 0S ga yaqin xaroratga chidaydilar. Don maxsulotlari korxonalari laboratoriyalarida chinni yoki kvartsdan yasalgan 3-raqamli tigellar ishlatiladi.

Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling