Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va
Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari
Download 310.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi kesta
2.3. Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari
Shimoliy Kavkaz, Kuybishev, Uzun junli rus zotlarini hamda gо‘shtdor-dumbali zotlardan “Edilbay”, “Qalmiq” zotlarini olib kelishni tavsiya etamiz. Mayin jun beruvchi (“Merinos”) qо‘y zotlariSovet merinos qо‘y zoti mayin junli jundor-gо‘shtdor qо‘y zotlari guruhiga kiradi. Bu zot qо‘ylari 1926-1951 yillarda kо‘p zotlarni о‘zaro murakkab chatishtirish asosida Rossiyada yaratilgan. Bu zotli qо‘ylar о‘zining quyidagi о‘ziga xos xо‘jalik foydali belgilari bilan boshqa qо‘y zotlaridan ajralib turadi. Naslli qо‘chqorlarining tirik vazni 100-110 kg, sovliqlari 50-55 kg, qо‘chqorlarning jun qirqimi 14-16 kg, sovliqlariniki 5,5-6,0 kg, junining uzunligi shunga mos ravishda 9,0-10 sm, ingichkaligi 21-27 mkm, sifati 64-70, yuvilgan junning chiqimi 52-55 foizdir. Sovet merinos zotli qо‘ylar Stavropol о‘lkasi, Volgograd, Rostov oblastlarida hamda Dog‘iston, Kalmikiyada keng urchitib kо‘paytirilmoqda. Volgograd merinos zotli qо‘ylar 1932-1978 yillarda Rossiyada yaratilgan. Bu zot qо‘ylar о‘zining gо‘sht tuzilish xili bilan ajralib turadi. Yag‘rini, beli, orqa qismi, sag‘risi keng, kо‘krak qafasi chuqur, kengligi, tanasi uzun va dumaloq mutanosib rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Qо‘ylar asosan shoxsiz, juni boshi bilan aylanib kо‘zigacha va sakrash bо‘g‘inigacha tushib turadi. Qо‘chqorlarning jun qirqimi 12-14 kg, sovliqlarniki 5,0-6,0 kg, jun uzunligi 8,0-9,0 sm, ingichkaligi 20,6-25,0 mkm, 60-64 sifatga ega bо‘lib, yuvilganda jun chiqimi 48-50 foizni tashkil etadi. Qо‘zilarning 5 oyda tirik vazni 33-35 kg, 8 oyda 37-40 kg, 1,5 yoshda 50 kg, qо‘chqorlarniki 110-120 kg, sovliqlarniki 58-63 kg, sovliqlarning pushtdorligi yuqori - 130-160 foizni tashkil etadi. Volgograd zotli qо‘ylar chо‘l hududlarining keskin (kontenental) о‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashgan zotdir. Bu zot qо‘ylari Boshqirdistonda, Volgograd viloyatlarida urchitib kо‘paytirilmoqda. Yarimmayin junli (korridel tipli) qо‘y zotlariShimoliy Kavkaz gо‘shtdor-serjun zotli qо‘ylar yarim mayin jun beruvchi qо‘y zotlari turkumiga kiradi. 1944-1960 yillarda 38 Rossiyaning Stavropol о‘lkasi “Vostok” naslchilik zavodida stavropol zotli merinos sovliqlarni linkoln zotli qо‘chqorlar bilan keyinchalik romni-marsh zotli qо‘chqorlar bilan chatishtirilish va maqbul tipga xos bо‘lgan duragaylarni “о‘z ichida” urchitish orqali paydo bо‘ldi. Bu zot qо‘ylarning tusi oq, krossbred junli, juni kо‘zigacha tushib turadi, tanasi mutanosib rivojlangan, konstitusiyasi mustahkam, muskullar bilan tо‘lishgan, tanasi uzun, kо‘kragi chukur, keng va yaxshi darajada gо‘shtdorlikka ega. Zot о‘ziga xos biologik va mahsuldorlik xususiyatlariga ega. Bu zot qо‘ylari yil bо‘yi yaylovda boqish sharoitlariga juda yaxshi moslashgan, yaylovni isrof qilmay (yugurib о‘tlamasdan) asta-sekin bir chekkadan о‘tlaydi hamda yaylov о‘simliklarini yaxshi о‘zlashtiradi. Qishning qattiq sovug‘ida va yozning jazirama issig‘ida о‘zini yaxshi his qiladi, alohida asrash sharoitlariga talab chan emas. Yosh qо‘zilar tez о‘sib yetiluvchandir (kunlik 250-350 g vazn), gо‘sht sifati yaxshi, dumbasiz, yog‘ni teri ostida ya’ni tanasida tо‘plaganligidan marmarsimon gо‘sht beradi hamda gо‘shti bо‘sh, mazali, suvli, mayinligi bilan ajralib turadi. Qо‘chqorlarining tirik vazni 110-115 kg, mahsuldorligi bо‘yicha rekordchi qо‘chqorlar 150-170 kg, sovliqlari 55-60 kg, ayrimlari 65-75 kg tosh bosadi. Qо‘ylarning pushtdorlik xususiyatlari juda yuqori har 100 bosh tuqqan sovliqdan 120130 qо‘zi olinadi. Tug‘ilganda qо‘chqorchalar 4,5-5,0 kg, urg‘ochilari 4,0-4,5 kg tirik vaznga ega bо‘lib, 8 oylik qо‘zilar sо‘yilganda gо‘sht (tо‘shi) nimtasi og‘irligi 18 kg, 1,5 yoshligida 22 kg, yetuk yoshdagilarniki 30 kg va undan yuqori bо‘ladi.Jun mahsuldorligi yuqori, qо‘chqorlarda qirqilgandan keyin jun miqdori 10,0-14,0 kg, sovliqlariniki 5,0-6,0 kg ni tashkil etadi va yuvilganda sof jun chiqimi 60-65 foizga teng, juni bir xil tekis, qalin, chо‘ziluvchanligi yaxshi, jun uzunligi 11-13 sm, ingichkaligi 27-37 mkm, 56-58 sifatga ega. Sovet gо‘shtdor-serjun zotli qо‘ylar (Kavkaz tipi) 1950-1985 yillarda Rossiyaning Qorachoy-Cherkesiya Respublikasida yaratilgan. Bu zotni yaratishda mayin junli sovliqlarni linkoln zotli naslli qо‘chqorlar bilan, ke yinchalik esa Shimoliy Kavkaz gо‘shtdor-serjun zotli naslli qо‘chqorlar bilan takror chatishtirish usulida (murakkab chatishtirish natijasida) yaratilgan. Qо‘ylar shoxsiz, tusi oq, burni va qulog‘ida uncha katta bо‘lmagan dog‘ kо‘zga tashlanadi. Qо‘ylar gо‘sht tipiga xosligi, mustahkam konstitusiyasi, bо‘yining 39 balandligi, boshi yuqoriga kо‘tarilganligi, kо‘krak qafasi kengligi, tanasi uzun va dumaloq mutanosib rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Juni bir xil tekis, inkichkaligi 50- 56 sifatga ega, jun uzunligi kamida 12 sm ni tashkil etadi, yaxshigina qalinlikda va chо‘zinchoqligi yuqori, rangi yaltiroq.Sovliqlarning tirik vazni 50-55 kg, qо‘chqorlarniki 100 kg va undan yuqori. Juni qirqilganda mos ravishda 4,0-4,5 kg va 8,0-10 kg, yuvilgan junning chiqimi 60-65 foizdan yuqoridir. Sovet gо‘shtdor-serjun qо‘ylarning eng muhim о‘ziga xos xususiyatlaridan biri tog‘ va tog‘oldi yaylovlarda boqib asrash sharoitlariga moslashganligidir. Yilning bahoryoz-kuz davrlarida yaylov sharoitida boqilgan qо‘ylar о‘simliklarni yaxshi о‘zlashtira oladi va ozuqani mahsulot bilan yuqori darajada qoplash xususiyatiga egadir. so‘riladi. Ozuqalarni hazm qilish xususiyati bo‘yicha birinchi guruhga kiruvchi hayvonlar ayniqsa cho‘chqa va parrandalarning ovqat hazm qilish organlari hech qanday mikrobiologik jarayonlar kechmasligi ya’ni mikroorganizmlarning to‘liq qiymatli oqsil ya’ni o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislatalar sintezlanmaganligi sababli ularning ozuqa ratsionida albatta to‘liq qiymatli oqsillar ularning tarkibiy qismi bo‘lgan, o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar lizin, sistin, metionin, triptofan kabi shunga o‘xshash bir qancha aminokislotalar albatta beriladigan ozuqalar tarkibida bo‘lishini ta’minlash zarur. Shuning uchun cho‘chqa va parrandalarning ozuqa ratsionida o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bo‘lishi nazorat qilinadi. Ushbu o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bilan doimiy ta’minlash maqsadida cho‘chqa va parrandalar ozuqa ratsionining 70 %, ayrim hollarda 85 % ni konsentrat ozuqalar va ularga aralashtirilgan hayvonot dunyosidan olinadigan ozuqalar tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga kiruvchi qoramollar qo‘ylar va echkilar kavsh qaytaruvchi hayvonlar guruhiga kirganligi va ovqat hazm qilish organlari 4 kameradan iborat bo‘lganligi uchun ularning katta qornida istemol qilingan ozuqalar turli ta’sirotlarga (mexanik, kimyoviy va mikrobiologik) uchraydi va ushbu mikroorganizmlarning oqsili ushbu hayvonlar uchun to‘liq qiymatli oqsil vazifasini bajarganligi uchun ularning ozuqa ratsionida o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar nazorat qilinmaydi va ratsionda konsentrat ya’ni kuchli ozuqalarning salmog‘i 30 foiz bo‘lishi ularning mahsulot yetishtirish uchun fiziologik holatini me’yor darajada (talab darajasida) saqlab turish uchun yetarli bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling