Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1427651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

 
1.3. Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish 
Qо‘ylarni yaylovlarda boqishga tayyorlash uchun quyidagilarga e’tibor bering: 
о‘tloq yaylovlarga borishdan avval qо‘ylar kо‘rikdan о‘tkaziladi, о‘sgan tuyoqlar
tirnoqlar kesiladi. Kasallangan, zaif bо‘lgan qо‘ylar sog‘lom qо‘ylardan ajratiladi. Ular 
katta qо‘ylar (4 yoshdan katta qо‘ylar), tо‘qli (1 yoshdagi qо‘zilar) va qо‘zichoqlarga 
ajratiladi va vaziyatga qarab bir muddat yozgi og‘ilxonalarda saqlanadi; 
7- rasm. Erta bahorda qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish 
boqish mavsumidan avval itlarga dori berish kerak, chunki ular kо‘plab parazit 
tashuvchilar hisoblanadi. Qurtlar tushirilib, yо‘q qilinadi; mavsumiy о‘zgarishlar, (qish 
davridan bahor-yoz davrlariga) oziqlantirish va boqish ishlarida, og‘ilxonadan yaylovga 
yoki yaylovdan og‘ilxonaga о‘tish birdaniga bо‘lmasligi kerak; 
bahor oylarida ertalab qirovlarning erib ketishini hisobga olib, kun bо‘yi о‘tlatish 
mumkin; qо‘ylarni erta tongda shudringlar erib ketmasdan oldin yaylovga qо‘yib 
yubormang, aks holda qо‘ylarda turli og‘riqlar sodir bо‘lishi mumkin; qо‘ylarni 
yaylovda boqishdan avval ularni sug‘oring. Aks holda ular yaylovdagi kо‘lmak suvni 
yoki yо‘lda duch kelgan suvni ichishlari va shu sababli kasal bо‘lib qolishlari mumkin. 
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning о‘rni 


20 
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda 
chо‘ponlardan talab qilinadigan narsa qо‘ylarni talab jarajasida boqish va ularning 
sog‘lig‘iga e’tibor berishdir. Suruvni boshqarish va yaylovda о‘tlatishda quyidagilarni 
nazarda tuting: 

bitta chо‘ponga tо‘g‘ri keladigan qо‘ylar soni 200-300 boshdan oshmasligi kerak; 

qо‘zilatish mavsumida qо‘shimcha ishchi kuchi talab qilinadi

suruvni yaylovda 150-200 metr kenglikda va taxminan 10-15 sotix maydonda bir 
tekis yoyilishini taminlash kerak. Shu tariqa siyrak shaklda yoyilgan qо‘ylar bir-birini 
bezovta qilmasdan о‘tlaydi. Agarda suruvdagi qо‘ylar soni juda kо‘p bо‘lib, bir joyga 
tо‘planib qolishsa, suruvning oldida о‘tlayotgan qо‘ylar suruvning orqasida о‘tlayotgan 
qо‘ylarga ozuqa qoldirmaydi, natijada qо‘ylar boshqa tomonga tarqab ketadi; 
-suruvning old tomonida chо‘pon, orqasida esa yordamchi chо‘pon bо‘lishi hamda har 
bir daqiqada 4-5 metr (250-300 metr tezlikda) odimlashi kerak. Yaylovda о‘t miqdori 
kam bо‘lsa, bu tezlikni oshirish mumkin, aks holda qо‘ylarga yaylov ozuqasi 
yetishmaydi va och qolishadi; itlar suruvni himoya qilish uchun ishlatiladi va 100-120 
qо‘yga 1 it tо‘g‘ri kelishi kerak katta yaylovlarda о‘tlatishda yaylovning bir tomondan 
boshlab, kengligi 150-200 metr bо‘lgan hududni oxirigacha bir chetdan о‘tlatish kerak; 
8- rasm. Qо‘ylarni kech kuz va qish oylarida yaylovlarda oziqlantirish 
issiq bо‘lgan davrlarda, quyosh tik kо‘tarilmagan vaqtda podani sharqqa, quyosh tik 
kо‘tarilib, harorat yanada oshganda shimolga va kechqurun g‘arbga tomon о‘tlatish 


21 
kerak; bahor va kuz oylarida qо‘ylarni kun bо‘yi о‘tlatish mumkin. Qо‘ylar yoz oylarida 
peshin vaqtida issiq payti о‘tlashni yoqtirmaydi, shu bois ularni soya joyda biroz dam 
oldirish kerak; 
qо‘ylar qirov erib ketgandan sо‘ng ertalab soat 6 larda qо‘ylarni yaylovlarga olib borish 
va soat 10 da dam oldirish kerak. Bahorda ertalabki qirovdan ehtiyot bо‘lish kerak, erta 
tongdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik kerak, peshindan keyin ularni avval 
sug‘orib, keyin soat 16-17 lar atrofida yaylovga qaytarish mumkin; 
о‘tlatish kun bо‘yi (bir necha soatlik dam olish bilan birgalikda) qо‘ylar tо‘yguncha 
davom ettirilishi kerak yaxshi yaylovlar qо‘ylarning oziqlanishi uchun yetarlidir. Lekin 
qochirish mavsumida va tuqqandan keyin sovliqlar albatta qо‘shimcha oziqlantirilishi 
shart. 
Qо‘ylarni urchitib kо‘paytirishda muhim bо‘lgan mavsumiy davrlar mavjud, ular 
quyidagilardir: qо‘ylarni qochirish davri, qishlov davri, tо‘l olish (tug‘dirish) davri. 
Ushbu davrlarda qо‘ylarni yaylovlarda о‘tlatishdan tashqari, qо‘shimcha sifatli ozuqalar 
bilan oziqlantirish qо‘ylarning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etadi. 
Qо‘ylarni urug‘lantirish davrida oziqlantirish. Sovliqlarni natijali urug‘lantirish hamda 
bо‘g‘ozlik davrini yuqori darajaga kо‘tarish, qochirish muddatlarini qisqartirish 
maqsadida (urug‘lantirish mavsumidan oldin va mavsum davomida) oziqlantirish, 
urug‘lantirish mavsumidagi oziqlantirish, deb ataladi. Naslli qо‘chqorlar uchun kunlik 
namunaviy ratsioni (bir boshga) 
Ozuqa turlari 
О‘lchov birligi 
Tinch (qochirilmagan) davrda Qochirish 
mavsumida 
Miqdori, kg Oz. br Miqdor, kg Oz. br 
Kо‘k о‘tlar kg 
4,0 
0,96
Har xil о‘tlar pichani 
kg 
1,0 
0,45 2,0 
0,9 
Omixta (konsentrat) yemlar 
kg 
0,5 
0,5 
0,9 
0,9 
Paxta shroti kg 
0,3 
0,27 
Gо‘sht-suyak uni kg 
0.1 
0,1 
Sabzi kg 
1,0 
0,14 


22 
Tuz g 
15 
18 
Tovuq tuxumi 
dona 2 
0,25 
Ozuqa birligi 
1,91
2,56 
Naslli qо‘chqorlarni qochirish mavsumiga tayyorlash 
Urug‘lantirish davrida oziqlantirish taminan 4-6 hafta davom etadi. Bu davr mobaynida 
har bir ona qо‘yga beriladigan kunlik yem-xashak miqdori 1,5 kg pichan va 250-300 g 
omuxta yemni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Bu qochirish mavsumida yaylovlarda 
о‘tlayotgan bо‘lsa, qо‘shimcha quruq о‘t berish shart emas, faqatgina aralash yem 
beriladi. 
Qochirish mavsumida qо‘chqorlarni oziqlantirishga e’tibor berish muhimdir. 
Qо‘chqorlarga kuniga о‘rtacha 2,0 kg har xil о‘tlar pichani, 0,9 kg omixta yem, 0,3 kg 
paxta chigiti shroti, 1,0 kg sabzi, 2 dona tovuq tuxumi berish tavsiya etiladi. 
Ona qо‘ylarni bо‘g‘ozligining ikkinchi yarmida oziqlantirish. Bо‘g‘oz qо‘ylar 
homiladorligining sо‘nggi 1,5-2,0 oyligi bu homilaning ona qornida eng tez yetiladigan, 
qо‘zi tug‘ilgandagi tirik vaznining 70 foizini, taminlaydigan davrdir. Xuddi shu davrda 
tо‘la qiymatli oziqlantirish yirik tanali qо‘zilar tug‘ilishiga, sovliq yelining kuchli 
rivojlanishi natijasida kо‘p miqdorda sut ishlab chiqarishiga sharoit yaratadi. Yaxshi 
ozuqa egiz tug‘adigan sovliqlar uchun juda muhimdir. Homiladorlikning sо‘nggi davrida 
5060 kg tirik vaznli ona qо‘yga bir kunda 1,0 kg sifatli pichan va 1 kg aralash ozuqalar 
beriladi. 
Ona qо‘ylarni tuqqandan keyin dastlabki 2 oyida oziqlantirish 
Qо‘ylarda sut mahsuldorligining eng yuqori davri, qо‘zilagandan keyin dastlabki 6-8 
haftalik davridir. Shuning uchun bu davrda tо‘la qiymatli va sifatli ozuqalar bilan 
oziqlantirish sifatli va tо‘yimli sut ishlab chiqarish hamda ona qо‘y tanasida ozuqaviy 
moddalar yо‘qotilishining oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning bilan birga 
qо‘zichoqlar onalarining sutiga yetarlicha tо‘yib, о‘sish va rivojlanishi jadallashadi. 
jadval Ona qо‘ylar uchun kunlik namunaviy oziqlantirish
Kо‘satkichlar 
О‘lchov birligi 
Bо‘g‘oz sovliqlar Ozuqa birligi 
Tuqqan 
sovliqlar 
Ozuqa birligi 


23 
Tabiiy о‘tlar pichani kg 0,8 0,32 1,0 0,40 
Beda pichani 
kg 1,5 
0,70 2,0 
0,90 
Arpa yormasi 
kg 0,3 
0,38 0,4 
0,50 
Bug‘doy somoni kg 0,5 0,12 0,5 0,12 
Osh tuzi 
13 
15 
Jami
1,52
1,92 
Sovliqlar sut mahsuldorligiga kо‘ra, guruhlarga bо‘linadi. Ishlab chiqariladigan har bir 
litr sut uchun 400-600 g aralash ozuqa hamda quruq pichan beriladi.
Bu davrda sovliqlarga beriladigan aralash ozuqaning tarkibi protein, vitamin va mineral 
moddalarga boy bо‘lishi shart. Energiya manbai asosan ozuqa donlaridan olinadi.
Qо‘yxonani loyihalashtirishda e’tiborga olinadigan jihatlar:Tayanch maydonini 
hisoblashda ona qо‘ylar uchun 1,1-1,4 kvadrat metr va qо‘zi va qо‘ylar uchun 1,4-1,6 
kvadrat metr, qо‘chqorlar uchun 1,8-2,0 kvadrat metr va qо‘zilarni boqish uchun 0,6-0,9 
kvadrat metr hisoblanishi kerak; Podadagi urg‘ochi qо‘ylar bosh sonining kamida 10 
foizigacha issiqxona bо‘limiga (tug‘ruqxonaga) ajratish kerak; - Tug‘ruqxonada har bir 
katak 1,5-2,0 kvadrat metr bо‘lishi kerak. Qо‘raning tarkibiy xususiyatlari Pol. 
Qо‘ralarga odatiy va panjarali pol tо‘shash mumkin. Odatiy pol sirasiga beton, qoya 
toshlar ustiga qum, shag‘al va tuproqni zichlab qilingan pollar kiradi. Beton pol eng 
qulay va ma’quldir, tayyorlanishi oddiy 15 sm qoya tosh lar ustiga 5,8 sm beton quyiladi. 
Arzon tez bitadigan pol esa tuproqni zichlab qilingan pol hisoblanadi. Tuproqni zichlab 
qilingan pol siydikning singib ketishi uchun qulayligi, loy bо‘lib ketmasligi, hasharot va 
parazitlar yashashi uchun noqulayligi bilan ajralib turadi. 
Yomg‘ir suvlari qо‘ra poliga sizmasligining oldini olish uchun qо‘ra atrofida xandaqlar 
qazilishi yoki pol 20-30 sm baland bо‘lishi lozim. Shuningdek, qо‘ra poli old tarafga 
qarab 5 foizlik qiya qilib tо‘shalishini tavsiya etamiz. Panjarali pol. Buni intensiv 
qо‘ychilik bilan shug‘ullanadigan mulkdorlaru, qо‘zilarni bо‘rdoqiga boqayotgan 
fermerlarga tavsiya etamiz.
Panjaralar taxta, metal yoki betondan qilinadi. Taxta panjara о‘lchamlari (taxta eni) 4x5 
sm, 5x5 sm va 6x5 sm bо‘ladi. Orasidagi ochiqlik (2 taxta orasidagi masofa) 1,5x2 sm 


24 
bо‘lib, taxtalar orasidagi masofani о‘rtacha 1,9 sm qilib belgilash mumkin. О‘lchamlari 
keltirib о‘tilgan mazkur taxta panjaralar 10x5 sm lik bruslar ustiga qoqib mahkamlanadi. 
Metal panjaralar yassi temirdan yasalganidek rulon simlardan ham tо‘qilishi mumkin. 
Tо‘qilganda ular orasidagi ochiqlik (masofa) 2x2 sm yoki 7,5x1,2 sm bо‘lishi mumkin. 
Beton panjaralardagi о‘lchamlar: ustki tarafining eni 3,8 sm bо‘ladi, orasidagi ochiqlik 
2,5 sm, qо‘ylar beton panjarali pollarda boshqa pollardagiga nisbatan kо‘proq kirlanadi. 
Panjarali polning yerdan balandligi 50-70 sm bо‘lishi kerak. Bu balandlik bir yilga 
yetadi, undan sо‘ng yilda bir marta gо‘ngdan tozalanadi. 
Devor xomashyosi sifatida tosh, xom g‘isht, beton g‘isht va pishiq g‘ishtdan foydalanish 
mumkin. Xomashyo joyning tabiiy holati va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib 
tanlanadi. Devor balandligi boqish usullariga va iqlim sharoitlariga qarab о‘zgaradi. 
Qо‘ylar ishqalanadigan devorning balandligi kamida bir metrdan kam bо‘lmasligi 
chidamli, materiallardan tayyorlanishi kerak. Ba’zi hollarda devor balandligi chordoq 
balandligi barobarida ham bо‘lishi mumkin. 
Devor balandligini issiq mintaqalarda 3 metr bо‘lishini tavsiya etamiz, gо‘ngni tozalash 
traktor yordamida amalga oshiriladigan hollarda eng minimal balandlik 2,7 metrdir. 
Eshiklar odatda, og‘ilxonaning qiya burchagiga joylashtirilishi kerak, eshik kengligi 
uchun tavsiya etiladigan о‘rtacha о‘lcham 2,4 m. Tom qismining kengligi 7 metrgacha 
bо‘lgan qо‘yxonalarda tom bir nishabli, kengroq qо‘yxonalarda esa ikki nishabli bо‘lishi 
mumkin. Tomning nishabligi, tom yopmasi, chordoq uzunligi va qoplama materiallari 
qanday bо‘lishini oldindan aniqlab oling. Qiyaligi 2 nishabli tomlarda 25-40 foizgacha 
va qoplama materiallariga kо‘ra 10-40 foizgacha о‘zgarishi mumkin.
Tabiiy shamollatish nuqtai nazaridan tomning qiyaligi kamida 26 foiz bо‘lishi kerak.
Qо‘ra tomlarini yopishda turli xil usullardan foydalanish mumkin. Tom butunlay yopiq 
bо‘lgani kabi ustma-ust ikki qavatli, qavatlar orasi oynavand bо‘lishi mumkin. 
Qо‘yxonaning tomini yopishda har xil materiallardan foydalanish mumkin. Cherepitsa, 
shifer, allyuminiy, tunuka, shuningdek, tuproq, qamish kabilardan tom yopish materiali 
sifatida foydalanish mumkin. Qо‘ra uskunalari Oxurlar. Dag‘al xashaklar oxuri, omixta


25 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling