Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va
§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1
2§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar
2.1. О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari Qо‘zichoqlar uchun profilaktoriyalar 100 bosh urg‘ochi qо‘y uchun kamida 10 ta tug‘ruqxona talab qilinadi. Tug‘ruqxonaning о‘lchamlari 1,2x1,2 m, 1,2x1,5 m bо‘lishi mumkin. Qо‘yxona (og‘ilxona) ichidagi yana bir muhim bо‘lma saqman bо‘lmasidir. Undan tashqari, bо‘g‘oz qо‘ylar, qisir qо‘ylar, qо‘chqorlar va kasal qо‘ylar uchun kо‘chma tо‘siqlar bilan alohida bо‘limlarga ajratish mumkin.qо‘ylarning salomatligini asrash Og‘ilxona tozaligi va dizenfeksiya qilish Kasallik qо‘zg‘atadigan illat gо‘ng va siydik bilan ifloslangan og‘ilxona polida paydo bо‘ladi. Shuning uchun, agar iloji bо‘lsa, siydikni kanallar orqali tozalash va yuvish va gо‘ngni tez-tez tozalash kerak. Agarda tо‘shamalar (yog‘och qipig‘i, somon) ishlatilsa, ifloslangan tо‘shamalarni yoz boshlanishi oldidan (tug‘ish boshlanmasdan) tozalash kerak. Og‘ilxona devorini, pol va shiftni ohak qilish lozim. Yog‘ochli joy (oxurlar va kataklarni) metall qismlari bо‘yalishi, ferma tо‘liq dezinfeksiya qilinishi shart. Dori- darmonlar uchun laboratoriya Og‘ilxonaning kirish va chiqish eshiklari bir xil bо‘lishi kerak, iloji bо‘lsa og‘ilxonaga kiraverishda ohak yoki dezinfeksiyalovchi tozalik vositalarini qо‘yish kerak. Yopiq og‘ilxonalarda derazalar va eshiklar panjara bilan о‘ralgan bо‘lishi lozim. Shu tariqa har xil zarakunandalarning og‘ilxonaga kirib kelishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Gо‘ng turadigan joylar og‘ilxonalardan uzoqda bо‘lishi shart, pashshalar va shunga о‘xshash zararkunandalarning kо‘payishini oldini olish maqsadida gо‘ng tо‘planadigan joyni tez- tez dorilang. Parazit kasalliklari. Boshqa chorva mollari singari qо‘ylarda parazitlar hayvonlarning mahsuldorligini pasaytiradi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazitlar kasalliklarning birinchi guruhi – distomatosis (jigar qurti), disroselium, oshqozon-ichak qil qurtlari kasalligi, senuroz (gir aylanma yoki tentak) kasalligi, ichak tasmasimon chuvalchanglari va о‘pka qurtlari kasalliklaridan iborat. Bular gelmint kasalliklari, deb 27 ataladi. Parazitlarning ikkinchi guruhiga qо‘y bezgagi, teyleryoz, fassiolez, anaplazmoz va qonli diareya kabi kasalliklarning qо‘zg‘atuvchilari kiradi. Qо‘tir, kana, qon sо‘ruvchi chivinlar, bit va burgalar kasallik manbaidir. Ulardan chorvani himoya qilishda quyidagilarga e’tibor bering: mintaqaning xususiyatlarini hisobga olgan holda qо‘ylarga bir necha marta dori beriladi, bо‘g‘oz qо‘ylar bundan mustasno; yaylovda о‘tlatish tartibga solinadi, hayvonlar shilliq qurtlar kо‘payadigan kо‘lmak suvli va loyli nam joylarda boqilmasligi kerak; og‘ilxonalarda yoriqlar yopiladi; yoz mavsumi boshlangandan qо‘ylar chо‘miltiriladi; - kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlardan ajratiladi.CHо‘miltirish parazit kasalliklarga qarshi eng samarali usullardan biridir. Qо‘ychilikda eng samarali dorilash ishi yuvintirish orqali amalga oshiriladi. Yuvintirish va dorilash ishida e’tiborga olinadigan masalalar quyidagilardir: hammom suviga aralashtiriladigan eng ta’sirli dorining ishlatilish meyorini aniqlash uchun qо‘ylardagi bitlar, kana va qо‘tirlarni aniqlang. Mutaxassis bilan maslahatlashing; dori-darmonlarni quruq joyda, bolalar ololmaydigan joylarda saqlash kerak. Oshxona anjomlari va oziqovqat saqlanadigan joylarda dorilarni saqlamang; dori vositasini hammomda suv miqdoriga mos dozada ishlatish va hammom suviga tо‘liq aralashtirish kerak. Shuning uchun uni avvalroq kichik idishlarda namuna usulida aralashtirish kerak. Kichik idishlarda eritilgan yoki kо‘paytirilgan preparat asta-sekin hammom suviga qо‘yiladi va aralashtirish uchun uzun tayoq bilan bir yо‘nalishda sekin aralashtiriladi. Dori-darmonli suv og‘izga va yuzga, qо‘llarga tegib ketmasligi uchun ehtiyot bо‘lish kerak. Epidemik kasalliklarQо‘ylarda epidemik kasalliklarning keltirib chiqaradigan omillar viruslar va bakteriyalardir. Qо‘ylarning chechak kasalligi. Qо‘ylar tanasining tuksiz qismida gul shaklidagi yaralarning paydo bо‘lishi kasallik alomatlaridan biridir. Yuqori harorat, nafas olishning qiyinlashishi, pulsning kо‘tarilishi, kо‘zning shishishi, siydik va axlatdagi о‘zgarishlar va boshqa alomatlar chechak darakchisi hisoblanadi. Bunga qarshi eng samarali himoya emlashdir. Emlama qо‘zilarga, har qanday yoshdagi qо‘ylarga 0,5 dozada kо‘krak va о‘ng bilak о‘rtasidagi teri ostiga yuboriladi. Oqsil kasalligi va unga qarshi emlash. Bu kasallik turli fasllarda, kо‘pincha yoz oylarida uchraydi, kasallikning belgilari asosan tirnoqlar orasida yaralar paydo bо‘lishidir. Kamdan kam hollarda og‘izda ham yaralar kuzatiladi, boshqa alomatlari yuqori harorat, 28 ishtahaning yо‘qolishi hamda bola tashlash tarzida namoyon bо‘ladi. Oqsildan himoya qilish kasal qо‘ylarni ajratish va emlashdan iboratdir. Emalash yilning istalgan vaqtida va barcha yosh va jinsdagi qо‘ylarda amalga oshirilishi mumkin. Emlamani bо‘g‘oz qо‘ylar va 4 oydan kichik yoshdagi qо‘zilarga qо‘llash mumkin emas. Kataral isitma kasalligi va emlash. Bu qо‘ylarga xos kasallik bо‘lib, og‘zida, tilida va burnida shish kuzatiladi. Eng odatiy alomat - bu tilning kо‘karishi va osilib qolishi, bunda hayvonning nafas olishi qiyinlashadi. Chivinlarga qarshi kurashda, qо‘ylarni emlash eng samarali kurash chorasidir. Bо‘g‘oz qо‘ylar emlanmaydi, qо‘chqorlarni qochirish mavsumidan keyin yoki qochirishdan 2 oy oldin emlashni amalga oshirish kerak. Vibriosis (yuqumli bola tashlash kasalligi) va emlash. Bu kasallik homiladorlikning sо‘nggi oylarida qо‘ylarda bola tashlash shaklida namoyon bо‘ladi. Emlash ishlari urg‘ochi qо‘ylarni qochirish mavsumidan 3-4 hafta oldin amalga oshiriladi. Yuqumli ektima va emlash. Bu kasallik asosan qо‘zilarda uchraydi, qо‘zilarning og‘zi, tili va og‘iz atrofida paydo bо‘ladi. Tilning terisi shilinadi, yaralardan qon ketishi mumkin, agarda yaralar davolanmasa, ular yallig‘lanadi. Yaralar tufayli oziqlana olmaydi va qо‘zilar zaiflashadi, zarur choralar kо‘rilmasa, qо‘zilarda о‘lim darajasi 50 foizgacha kо‘tarilishi mumkinTuyoq chirish kasalligi. Kasallik kuz va qishda kо‘proq uchraydi. Yaylov va og‘ilning loy va nam bо‘lishi kasallikni keltirib chiqaradi. Qо‘ylarning tuyoqlari yallig‘lanib, yomon hid keladi, hayvon oqsoqlanadi, tirnoq shaklini о‘zgartiradi, agar davolanish amalga oshirilmasa, tirnoq hatto tushishi mumkin. Buning oldini olish uchun qо‘yxonalar toza va tagi quruq bо‘lishini ta’minlash kerak. Yuqumli enterotaksemiya kasalligi (о‘t, ichak zaharlanishi). Entroksemiya bilan kasallangan qо‘zilar 1-14 kunlik bо‘lganida diareyadan qisqa vaqt ichida nobud bо‘ladi. Qо‘ylarda kasallik alomatlari odatiy kо‘rinishda bо‘ladi. Sog‘lom hayvonlarda tо‘satdan sakrash va titroq paydo bо‘ladi va hayvon tо‘satdan yiqilib о‘ladi, о‘lgan hayvonlarning oshqozon va ichagida qon quyilish kuzatiladi. Enterotaksemiyaga qarshi kurash ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, kasallikning rivojlanishida rol о‘ynaydigan omillarni yо‘q qilishdir, ikkinchisi – emlash. Enterotoksemiya emlamasi fasllar almashinuvida, oziqlantirish sharoitlari о‘zgarishi boshlanishidan, ya’ni qishda boqishdan, yozda yaylov sharoitlariga boqishdan oldin qо‘llaniladi. 29 Infeksion nektorik gepatit kasalligi (yuqumli jigar). Kasallik alomatlari - tо‘satdan turg‘unlik, yurish qiyinlashuvi, tez nafas olish, bо‘yin egilishi, tishlarni g‘ijirlatish va tо‘satdan о‘lish. Kasalliklarga qarshi kurash parazitlarga qarshi kurash tarzida amalga oshiriladi. Qо‘ylarga jigar zararkunandalariga qarshi muntazam ravishda dori berish kerak. Oraliq xost vazifasini bajaruvchi shilliqqurtlar va ular mavjud bо‘lgan botqoqliklar dezinfeksiya qilinishi kerak. Nekrotik gepatitdan himoya qilishning yana bir vositasi emlashdir. Kuydirgi kasalligi (taloqdagi qora yaralar). Kasallikning alomatlari yuqori tana harorati, yurakning tez urishi, titroq, og‘izdan sо‘lak oqishi va orqadan qon kelishi, qonli siydik chiqarish, tez zaiflashish va tо‘satdan о‘lim. Sо‘yilgan hayvonlarda qonning quyuqlashmasligi va taloq meyordan ortiq katta bо‘lishi kuzatilgan. Eng samarali chora emlashdir. Yuqumli brusellyoz kasalligi. Ushbu kasallikning asosiy belgisi sovliqlarda (homiladorlikning 2-4 oylarida) bola tashlash hodisasidir. Kasallikni aniqlash uchun qо‘ylardan qon olinadi va laboratoriyaga yuboriladi. Bu kasallik insonga osonlikcha yuqadi. Ayniqsa, xom sut iste’mol qilinsa va chala pishgan gо‘shtdan yuqishi mumkin. Bola tashlagan qо‘ylarning bachadonidan noxush hidli suyuqlik keladi. Kasallikning oldini olish uchun birinchi navbatda kasal hayvonlar suruvlardan ajratiladi. Samarali himoya emlash hisoblanadi. Babesiosis (qon siyish) kasalligi. Kasallangan hayvonlarda tana harorati kо‘tariladi, kavsh qaytarmay qо‘yadi, kasallik avj olganda siydik rangi о‘zgarib, quyuqlashadi. О‘lgan hayvonlar gо‘shtining rangi sariq rangga kiradi, qarshi choralar kо‘rilmasa, о‘lim darajasi juda yuqoridir. Eng samarali chora - emlash. Yaylovlar va о‘tzorlarda zaharli va zararli о‘simliklarning mavjud bо‘lishi ularning ozuqaviy qiymatini keskin kamaytirib yuboradi. Qо‘ylar zaharli о‘simliklarni iste’mol qilganda organizmida jiddiy о‘zgarishlar sodir bо‘ladi, ba’zida о‘lim holatlari kuzatiladi. О‘simliklarning zaharliligi ularda alohida kimyoviy birikmalarning: alkoloidlar, glikozidlar, saponinlar, organik (sinil, oqsalat va b. kislotalar), laktonlar, tkosaalbuminlar (fotozaharlilar- ritsin, robin), efir yog‘lari 30 (terpenlar, kamfora), bо‘yovchi moddalar (gossipol, giperitsin), smolali moddalar mavjudligidir. Zararli о‘simliklar tarkibida zaharli moddalar bо‘lmasa-da, ularda о‘tkir chetlar, murakkab gullar shodalari, qirrali tikonlari mavjud bо‘lib, bu illatlar qо‘ylarni oziqlanishiga xalaqit beradi. Bu guruh о‘simliklar ozuqa sifatda ishlatilsa yoki iste’mol qilinsa, olinayotgan chorvachilik mahsulotlarining sifatini (sutning rangi va ta’mi, terining yaxlitligi, junning kо‘rsatkichlari va boshqalar) buzadi. Chorva mollarining markaziy asab tizimi faoliyatini buzuvchi о‘simliklar qatoriga zaharli vex, oq va qora belena, krasavka (beladonna), oddiy luman, ikki boshoqli xvoynik, omejnik va boshqalar kiradi. . Ba’zi zaharli yaylov о‘simliklari Chorva mollarining markaziy nerv tuzilishining faoliyatini kamaytiruvchi hamda falajga olib keluvchi, ularning oshqozon, ichak tizimiga salbiy ta’sir qiluvchilar qatoriga kuzgi va tog‘li bezvremenniklar, bobovnik, aptekalik borets (akonit), bargsiz yejovnik, ekiladigan va baland orlyak, oddiy kirkazon, paparotnik, it petrushkasi kokorish), rakitnik, sariq rododenron, samshit, termopsis, dengiz triostrenigi, chemeritsa о‘simliklari kiradi. Chorva mollarining nafas olish va oziqlanish tizimlari faoliyatiga ta’sir etuvchi о‘simliklar qatoriga: dala gorchitsasi, zaharli va qatorli gulyavnik, levkoyli sariq о‘t, о‘rmon jerushnigi, dorili kozlyatnik, yovvoyi sholg‘om kiradi. Chorva mollarining oziqlanish tizimlari faoliyatiga nojо‘ya ta’sir etuvchi о‘simliklar qatoriga dorili avran, andromed, dog‘li aronnik, botqoq oqqanoti, vatochnik, garmala, achchiq va dorili listoven, botqoq myatasi, izdizli va suvli norichnik, jariq va achchiq ochistok, qora paslen, pereleka, yumaloq bargli rosyanka, oddiy (kо‘kli) rumyanka, chastuxalar kiradi. Kо‘pgina zaharli va zararli о‘simliklar namli, yomon qaralmagan yaylovlar va boshqa joylarda uchraydi. О‘simliklardan zaharlanishning belgilari. О‘simliklar turli xil zaharlarni о‘z ichiga oladi, shuning uchun hayvonlarning о‘simlik turlariga qarab qanday alomatlar kо‘rsatishini aniq aytish qiyin. Ammo quyidagilarni kasallik alomatlari, deb hisoblashimiz mumkin: hech qanday sababsiz, tushunarsiz shaklda kasallanish; tana harorati kо‘tarilmasa ham markaziy asab tizimida yoki ovqat hazm qilish organlarida tо‘satdan bezovtalik va suruvdagi kо‘pgina hayvonlarda bu holatning kuzatilishi;yurakning tez-tez urishi va 31 oshqozon va ichakning buzilishi; zaiflik, koma holati va nafas olishning qiyinlashuvi;- tо‘satdan ich ketish va о‘lim. О‘simlikdan zaharlanishni davolash qiyin kechadi, ba’zida bu holat о‘lim bilan tugaydi. Zaharlanishni oldindan bartaraf etish muhimroq va osonroq hisoblanadi. Oldini olish uchun avvalambor, zaharli о‘simliklarni tanib olish va atrofda buta, о‘tloq-yaylov va daraxtlarni bilish juda muhimdir. О‘simliklardan zaharlanishiga qarshi quyidagi choralarni amalga oshirish mumkin: qо‘ylarni sug‘orish va yurishi zaharlanish alomatlarini tezlashtirishi mumkin. Shuning uchun zaharli о‘simliklarni iste’mol qilishda gumon qilinayotgan hayvonlar suvdan uzoqroq tutiladi va yuritilmaydi; och qо‘ylar zaharli о‘simliklarga kо‘proq sezgir bо‘ladi, shuning uchun och va oriq qо‘ylarni yaylovlarga yuborishdan oldin ularni pichanlar bilan oziqlantirish kerak; agarda qо‘ylar yetarli miqdorda foydali о‘simliklarni topsa, ular zaharli о‘simliklarni yemaydi, zaharli о‘simliklar kо‘pincha mazali bо‘lmaydi; qо‘ylar boqiladigan yaylovlarda zaharli о‘simliklarni chо‘ponlar tanib olishlari kerak, agar zaharli о‘simliklar mavjud bо‘lsa, yaylov ulardan tozalanadi va ularga qarshi choralar qо‘llaniladi; ba’zi о‘simliklar ma’lum davrlarda zaharli hisoblanadi, bunday paytlarda qо‘ylar yaylovlarga qо‘yilmaydi; zaharli о‘simliklar foydali о‘simliklarga qaraganda tezroq о‘sadi, shuning uchun foydali va zararli о‘simliklar yaylovda tо‘liq о‘sib ulgurmasdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik kerak; hayvonlar orasida zaharlanish alomatlari paydo bо‘lishi bilanoq, podani bu joydan tezda olib ketish kerak. Xulosa qilib aytganda, qо‘ylarni och holda yaylovga yubormaslik kerak, ayniqsa, yaylov о‘simliklari yomg‘ir yoki shudring bilan namlanganda zaharli о‘simliklarning ta’siri yuqori bо‘ladi va zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ajratish va karantin Ajratish qisqacha qilib aytganda, kasal hayvonlar va sog‘lom hayvonlarni alohida-alohida joylarga olib borish va shu bilan kasallikning yuqishiga yо‘l qо‘ymaslikdir. CHо‘ponlar kasal hayvonlar bilan ishlaganda, fartuk va qо‘lqoplardan foydalanishi kerak. Yuqumli kasalliklar yuzaga kelgan holatlarda, og‘ilxonalarda va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar yaxshilab tozalanadi va dizenfeksiya qilinadi. Dag‘al xashak va pichanlarning ochiq joyda bо‘lgan qismlari chiqindiga tashlanadi va qolgan qismlar dezinfeksiya qilinadi. О‘lgan qо‘ylar yoqib yuboriladi va chuqurga kо‘mib tashlanadi. Ushbu jarayonlar paytida yuzaga kelgan kasallik haqida veterinar 32 mutaxassislariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga xabar beriladi. Hududdagi barcha qо‘ylar emlanadiKarantin bir mamlakatga yoki hududga tashqaridan kelayotgan qо‘ylarni alohida joyda saqlash yoki kasallik paydo bо‘lgan hududdagi qо‘ylarni boshqa joyga kо‘chirishdan oldin bir muddat ushlab turishdir. Ushbu jarayon, ayniqsa, qо‘y suruvlarini boshqa joyga harakatlantirganda yoppasiga qо‘llanilishi kerak. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling