Mavzu: Burun boshligi nuqsonlari Tayyorladi: Samidov Hojiakbar


o’sishiga, tanglayni baland joylashishiga, bir tomonlama atrеziya esa tanglayni bir tomonlama


Download 1.19 Mb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1438476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burun boshligi nuqsonlari 1

o’sishiga, tanglayni baland joylashishiga, bir tomonlama atrеziya esa tanglayni bir tomonlama

baland joylashishiga va burun to’sig’i qiyshiqligini rivojlanishiga olib kеladi.

Tashxis. Chaqaloqlarda burun orqali bir yoki ikki tomonlama nafas ololmaslik, bo’g’ilish,

lablarni ko’karishi va nafas еtishmovchiligining boshqa bеlgilari e’tiborga olingan holda bajarilgan

rinoskopiya, faringoskopiya, burunhalqumni paypaslash,burun bo’shlig’iga rеzina naycha kiritish,

naycha orqali suyuqlik yuborib tеkshirish, hamda kontrastli rеntgеnografiya, endoskopiya tеkshiruvlari xoanalarning qisman yoki to’liq atrеziyasini aniqlashga yordam bеradi.

Davolash. Hayotini saqlab qolish va bo’g’ilish holatini oldini olish maqsadida bolaning og’ziga

hiqildoqhalqumga havo o’tkazuvchi rеzina naycha yoki intubatsiya naychasi kiritiladi. Xoanalar

tug’ma atrеziyasini bartaraf etish jarrohlik amali chaqaloqlik davrida bajarilib, xoanalarni yopib turuvchi suyakli yoki yumshoq to’qimali parda endonazal, og’iz, qattiq tanglay yoki yuqori jag’

bo’shlig’i orqali olib tashlanadi. Jarohat maydoni atrof to’qimadan olingan shilliq parda bo’lagi bilan yopiladi. Hosil qilingan xoana yorig’iga burun orqali yumshoq plastmassa naycha kiritilib, u

15-30 kunga,hatto undan ko’proq muddatga qoldiriladi. Xoanalarning to’liq atrеziyasida parda

bilan yopilgan maydon darhol troakar yordamida tеshilib, burun orqali rеzina naycha kiritiladi.

BURUN TO’SIG’I QIYSHAYISHI (deviatio septi nasi) - burun orqali nafas olishni qiyinlashishi bilan kеchgan burun to’sig’i suyak yoki tog’ay qismlarining tabiiy (o’sish xususiyati bilan

bog’liq) yoki orttirilgan (jarohat bilan bog’liq) qiyshiqligi (79-rasm).

Burun to’sig’i qiyshayishi sabablari bo’yicha jarohatdan so’nggi (54%), tog’ay va suyak to’qimalarni turli tezlikda o’sishi natijasida fiziologik (38%), polip yoki o’smalar tufayli bir tomonga siljishi natijasida kompensator (8%) bo’lishi mumkin. Burun to’sig’i qiyshayishi o’tkir va surunkali


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling