Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili


Buxgalteriya balansining statik ko‘rinishi


Download 0.79 Mb.
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1381751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqt.tah 1-2mavzu

Buxgalteriya balansining statik ko‘rinishi
O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun korxona boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lishi lozim. Bu muasssislar badallari yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan ajratilgan mablag‘lar bo‘lishi mumkin. O‘z mohiyatiga ko‘ra o‘z mablag‘lari(xususiy kapital)ni namoyon qiluvchi ushbu mablag‘larning manbalari avval boshdan ta’sis hujjatlarida miqdori kelishib olingan ustav kapitalidan iborat bo‘ladi, biroq korxona faoliyati natijasida ushbu manbaning tarkibi va manbasi o‘zgaradi.
«O‘z» atamasi bu yerda ushbu korxonani tashkil qilgan shaxslarga (yuridik yoki jismoniy) tegishlilikni anglatadi; boshqacha aytganda, bu shartli ravishda korxonaning o‘z muassislari oldida qarzdorligidir. «Xususiy kapital» tushunchasining iqtisodiy ma’nosi quyidagicha: u tugatilgan holatda egalari taxminan shuncha summa olishi mumkin. Bu holatda muassislar o‘zlariga tegishli ulushni korxonaning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari so‘ndirilgandan so‘ng qolgan mulkning qiymat bahosi qismidan olish huquqiga ega bo‘lganligi uchun ularning real miqdori, birinchidan, amalda doimo hisob bahosidan farqlanadi, ikkinchidan, faqatgina tugatish jarayoni borishida aniqlanishi mumkin.
Ixtiyoriy korxona, odatda, o‘z mablag‘lari bilan chegaralanib qolmaydi, balki tashqi manbalardan mablag‘lar jalb qiladi: bank kreditlari, qarzlar, kreditorlar. Ushbu jalb qilingan mablag‘lar ikkita katta guruhga ajratiladi: uzoq muddatli va qisqa muddatli.
Korxona tomonidan turli manbalardan olingan mablag‘lar ikkita katta guruhga ajratiladigan aktivlarga joylashtiriladi: uzoq muddatli aktivlar, ya’ni uzoq muddat (bir yildan ortiq) davomida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan aktivlar va yil davomida bir necha marta ishlatiladigan aylanma (joriy) aktivlar, ya’ni ularga joylashtirilgan mablag‘lar bu vaqt davomida bir necha marta aylantiriladi.
Balans aktivi moddalari tahlili
Balans aktivi – bu korxona tasarrufida mavjud iqtisodiy resurslar bo‘lib, ulardan foydalanish kelgusida foyda keltirishi ehtimol qilinadi.
Korxonaning balans aktivi ikki bo‘limdan iborat:

  1. Uzoq muddatli aktivlar.

  2. Joriy (aylanma) aktivlar.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling