Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili


Download 0.79 Mb.
bet5/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1381751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqt.tah 1-2mavzu

Kapital qo‘yilmalar - qurilish-montaj ishlari, uskunalar sotib olish uchun korxonaning xarajatlari, kapital ishlar uchun boshqa xarajatlar.
Uzoq muddatli (bir yildan ortiq) moliyaviy qo‘yilmalar – daromad olish maqsadida qilingan xarajatlar (masalan, boshqa korxonalarga investitsiyalar, qarz berish, sho‘ba va qaram korxonalarga investitsiyalar).
Balans aktivlari tarkibining yiriklashtirilgan sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan.

Balans aktivi tarkibi sxemasi
Joriy (aylanma) aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farqli o‘laroq muntazam doiraviy aylanishda bo‘ladi. Odatda, ular:

  • faqat bir ishlab chiqarish tsikliga xizmat qiladi;

  • o‘zining natural shaklini yo‘qotadi (qayta ishlanadi yoki bir shakldan boshqasiga o‘tadi);

  • o‘z qiymatini tayyor mahsulot (ish, xizmat) ga bir ishlab chiqarish tsiklining o‘zidayoq to‘liq o‘tkazadi.

Joriy aktivlarning ushbu xususiyati korxonani ishlab chiqarish jarayonida muntazam ishlab chiqarish zaxiralarini yangilashga, ya’ni ularni sotib olishga majbur qiladi.
Joriy (aylanma) aktivlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • ishlab chiqarish zaxiralari. Moddalarning mazkur guruhi bo‘yicha xomashyo, qo‘shimcha materiallar, yonilg‘i, sotib olinadigan yarimfabrikatlar, taralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar va tovarlarning haqiqatdagi tannarxi aks ettiriladi.

Sohaga tegishliligiga ko‘ra u yoki bu moddaning ulushi sezilarli darajada turlanishi mumkin. Xususan, davomiy ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar balanslarida tugallanmagan ishlab chiqarish, savdo korxonalarida esa tovarlar zaxiralari katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin.

  • banklardagi joriy, hisob-kitob va valyuta hisob raqamlarida va korxona kassasidagi pul mablag‘lari;

  • hisob raqamdagi mablag‘lar – bu debitorlik qarzining turli ko‘rinishlari, ya’ni jo‘natilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun boshqa tashkilotlarning va hisob beruvchi shaxslar qarzlari, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga ortiqcha to‘langan pullar bo‘yicha qarzdorlik summasi, sho‘ba va birlashtirilgan korxonalar qarzdorligi va boshqalar;

  • qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar – bu qo‘yilma muddati bo‘yicha bir yildan kam bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar. Qayd qilish zarurki, moliyaviy aktivlarni uzoq va qisqa muddatli turlarga ajratilishi ma’lum ma’noda subyektiv hisoblanadi, chunki qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish vaqtida korxona ularga qanchalik uzoq egalik qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblashini har doim ham oldindan aniq bilish mumkin emas.

Endi balans aktivini tahlil qilishga o‘tamiz. Tahlil balans aktivi bo‘yicha korxona mulki tarkibi va tarkibini o‘rganishdan boshlanadi. Balans korxona mulki o‘zgarishlarini umumiy baholash, uning tarkibida aylanma (mobil) va immobilizatsiyalangan aktivlarni ajratish, uning tarkibi dinamikasini o‘rganish imkonini beradi. Tuzilma deganda, mulklarning alohida guruhlari va ushbu guruhlar ichidagi moddalarning foiz nisbati tushuniladi. Korxona mablag‘larini joylashtirish moliyaviy faoliyat va uning samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, o‘z navbatida, korxonaning moliyaviy holati ham ko‘p jihatdan asosiy va aylanma vositalarga qanday mablag‘lar qo‘yilganligi, ularning qanchasi ishlab chiqarish sohasida va muomala sohasida, pul va moddiy ko‘rinishda ekanligi, ularning qanchalik optimal nisbatda ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda korxona aktivlarini tahlil qilish jarayonida birinchi navbatda ularning tarkibi, tuzilishidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va ularga baho berish talab qilinadi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan “Karvon” MChJda mol-mulki qiymati 414900 ming so‘mga yoki 16 foizga ko‘paygan. Korxona mulkining ko‘payishi joriy aktivlarning 241001 ming so‘mga hamda uzoq muddatli aktivlarning 466521 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri kelgan. Joriy aktivlar tarkibida zaxira va xarajatlar summasining - 426841 ming so‘mga kamayishi korxona mulkini shu summaga kamaytirgan bo‘lsa, pul mablag‘larining o‘tgan yilga nisbatan 205137 ming so‘mga yoki 8 foizga, debitorlik qarzlarining esa 462705 ming so‘mga yoki 18 foizga ko‘payishi korxona mulkining ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ulkan miqdorda pul mablag‘lari qoldig‘i mavjudligi aylanma kapitaldan noto‘g‘ri foydalanish natijasi bo‘lishi mumkin. Ular o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish yo‘li bilan foyda olish maqsadida tezda aylanmaga kiritilishi yoki boshqa korxonalarning aksiya va qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilishi lozim.
Bizning misolimizda debitorlik qarzi yil boshidagi 599 597 ming so‘mdan yil oxirida 1 062 302 ming so‘mgacha oshdi, ya’ni 462 705 ming so‘mga ko‘paydi. Agar korxona o‘z faoliyatini kengaytirsa, u holda xaridorlar soni va odatda, debitorlik qarzi ortadi. Boshqa tomondan, korxona mahsulot jo‘natishni qisqartirishi mumkin, u holda debitorlar kamayadi. O‘z navbatida, rost debitorlik qarzining o‘sishi har doim ham salbiy baholanmaydi.


jadval “Karvon” MChJ ning buxgalteriya balansi aktivi tahlili




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling