Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili
Download 0.79 Mb.
|
Iqt.tah 1-2mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya balansi mazmuni va tarkibi
Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili.Reja: 1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarining moliyaviy holati tahlilining mazmuni, vazifalari va axborot man’baalari. 2. Buxgalteriya balansi hamda uning gorizantal va vertical tahlili. 3. Buxgalteriya balansini aktiv moddalari tahlili. 4. Buxgalteriya balansini passiv moddalari tahlili. Buxgalteriya balansi mazmuni va tarkibiBuxgalteriya balansi – bu muayyan sana uchun korxona mulki va uni moliyalashtirish manbalarini pul ko‘rinishida aks ettirish usulidir. Buxgalteriya hisobida «balans» so‘zi bir nechta ma’noga ega: a) schyotlar bo‘yicha yozuvlar olib borishda va xo‘jalik subyektlari mablag‘larini turli kesimda guruhlashda natijalar tengligi; b) asosiy hisobot shakli yakuni; v) asosiy hisobot shakli nomi. Asosiy hisobot shakli sifatida balans ma’nosi mutlaqo katta, chunki bu hujjat korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida yetarlicha aniq va yanglish bo‘lmagan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Hisobot sanasi uchun korxona tasarruf etayotgan mulk va qarz huquqlari qiymati balans aktivida aks ettiriladi. Aktivlar iqtisodiy resurslar yoki kelgusi xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha korxonaning potensiali haqida muayyan tasavvur beradi. Xususiy kapital, shuningdek, kreditlar, qarzlar bo‘yicha majburiyatlar va kreditorlik qarzi balans passivida aks ettiriladi. Shunday qilib, majburiyatlar (passivlar) korxonalar tomonidan olingan mablag‘lar hajmi va ularning manbalarini, aktivlar esa – ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Amaliyotda balanslarning turli ko‘rinishlariga to‘qnash kelish mumkin. Batafsil tavsifga to‘xtalmasdan ularning tasniflaridan birini keltirib o‘tamiz (Kovalyov V.V., Patrov V.V. «Kak chitat balans», M.: «Finansi i statistika, 1998g., s 25-29). Buxgalteriya balanslari tasnifi
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling