Mavzu: buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida tushuncha hujjatlarning turkumlanishi
-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
Download 32.6 Kb.
|
BUXGALTERIYA HUJJATLARI VA HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA HUJJATLARNING TURKUMLANISHI
3-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. 30. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlang‘ich hujjatlar shakli blankalari qat’iy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin. (30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Oldingi tahrirga qarang. 31. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. (31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 32. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 33. Qat’iy hisobdagi blankalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim. (33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Oldingi tahrirga qarang. 34. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi. (34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi) Agar mas’ul shaxs vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan bo‘lsa, qat’iy hisobdagi blankalar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. 35. Qat’iy hisobdagi blankalarni mahsulot yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning mas’ul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan shartli ravishda o‘rami buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Oldingi tahrirga qarang. 36. Matbaa korxonasidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yo‘llanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi. E’tirozlar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildirilishi lozim. (36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 37. Qat’iy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularning buzilish yoki o‘g‘irlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Korxonada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini ta’minlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qat’iy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling