Mavzu: buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida tushuncha hujjatlarning turkumlanishi


Download 32.6 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi32.6 Kb.
#1393410
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUXGALTERIYA HUJJATLARI VA HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA HUJJATLARNING TURKUMLANISHI

Oldingi tahrirga qarang.
38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur Nizomning 1-sonli ilovasiga muvofiq, raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
“Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va baholash bo‘yicha hisobga olinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son)
41. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirig‘i asosida amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
43. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan mazkur Nizomning 2-sonli ilovasidagi shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varag‘ini qat’iy hisobdagi blankalarini to‘g‘ri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
44. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).
45. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Qat’iy hisobdagi blankalarda o‘chirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qat’iy hisobdagi blankalarni to‘ldirish va ishlatilishi bo‘yicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
47. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlardan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qat’iy hisobotdagi blankalar” schyotidan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal bo‘yicha ularning umumiy hisob summasi bo‘yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
48. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
49. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalarni yo‘q qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, zarurat tug‘ilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan blankalar yo‘q qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qo‘yiladi va ular yozilgan kunning o‘zidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Qat’iy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo‘yicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 32.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling