Mavzu: buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida tushuncha hujjatlarning turkumlanishi
-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
Download 32.6 Kb.
|
BUXGALTERIYA HUJJATLARI VA HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA HUJJATLARNING TURKUMLANISHI
2-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang. 6. Boshlang‘ich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim: (6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son) a) korxonaning nomi; b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi; v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); g) xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va imzolari. Oldingi tahrirga qarang. 61. Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim. (61-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 8. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar, amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi. 9. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. Oldingi tahrirga qarang. 10. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 11. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim. Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi. 12. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. 13. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 14. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 15. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi) amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 16. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak. (16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 17. Tekshiruvdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo‘lishi lozim: a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali; b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali. 18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) ko‘rsatish lozim. 19. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi. 20. Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling