Mavzu: buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida tushuncha hujjatlarning turkumlanishi


Download 32.6 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi32.6 Kb.
#1393410
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUXGALTERIYA HUJJATLARI VA HUJJATLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA HUJJATLARNING TURKUMLANISHI



Mavzu: buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida tushuncha hujjatlarning turkumlanishi

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1297-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomini ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan e’tiboran SSSR Moliya vazirligi 1983-yil 29-iyulda 105-son bilan tasdiqlagan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasligi e’tirof etilsin.
NIZOM
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va nobank kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
(1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda, boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni ta’minlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 32.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling